Bu haqda AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Robert ÖBrayyen CBS telekanali efirida ma'lum qildi. G7 davlatlari yetakçilarining yuzma-yuz sammiti ötkaziladigan aniq sana keyinroq ma'lum qilinadi.
“G7 sammiti yuzma-yuz formatda ötgudek bölsa, u iyun oxirida bölib ötadi. Fikrimça, biz Vaşingtonda koronavirus epidemiyasining eng yuqori çöqqisiga yaqinmiz, agar hozirda unda bölmasak”, deb aytgan ÖBrayyen.
Uning ta'kidlaşiça, “Katta yettilik”ning barça yetakçilari sammitning videoanjuman örniga yuzma-yuz şaklda ötkazilişiga qiziqiş bildirmoqda.
“Biz yetakçilar bu yerga kela olişlari uçun hamma koronavirusga test topşirgani, vaziyat xavfsiz ekanligiga işonç hosil qilişimiz lozim”, deb qöşimça qilgan Tramp maslahatçisi.
Avvalroq Donald Tramp G7 sammiti koronavirus pandemiyasi tufayli xalqaro harakatlaniş töxtatilgani va karantin kiritilgani sababli G7 sammiti videoaloqa formatida ötişini ma'lum qilgandi. Biroq joriy haftada Tramp öz fikrini özgartirib, Vaşingtonda sammitni ötkazmoqçiligini ma'lum qilgan.












