Germaniya hukumati Yevropaning eng yirik aviakompaniyasiga yordam berishga qaror qildi
Germaniya hukumati koronavirus pandemiyasi sababli og‘ir vaziyatda qolgan Lufthansa aviakompaniyasiga yordam berishga qaror qildi. Kompaniya aksiyadorlari safidan 1997 yilda chiqqan davlat 23 yil o‘tib yana ular qatoriga qaytmoqda.

Foto: Arne Dedert / Reuters
Kompaniyaga yordam berish shartlariga ko‘ra, davlat Iqtisodiyotni barqarorlashtirish jamg‘armasi orqali Lufthansa’ning qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarini sotib olib, uning kapitalida 20 foiz ulushni qo‘lga kiritadi.
Aksiyalar 2,56 yevrodan sotib olinadi. Davlat bu maqsadda umumiy hisobda 300 mln yevroga yaqin pul to‘laydi. Yangi aksiyador aviakompaniya kuzatuvchilar kengashiga 2 a'zoni tayinlash huquqini qo‘lga kiritadi.
Germaniya hukumati Lufthansa’ga yordam uchun ajratayotgan umumiy mablag‘ 9 mlrd yevroni tashkil qiladi. Vaholanki, kompaniyaning kapitallashuvi 4 mlrd yevrodan sal ko‘proqni tashkil qiladi. Ushbu summadan davlat 5,7 mlrd yevroni aviakompaniyaga ovoz bermaydigan kapital sifatida kiritadi. Kompaniya jamg‘armaga 2020-2021 yillarda 4 foizlik mukofot to‘lashi va uni 2027 yilga qadar 9,5 foizgacha sekin-asta oshib borishi kerak bo‘ladi. Agar kompaniya kompensatsiya to‘lay olmasa, jamg‘armaning kompaniya kapitalidagi ulushi 5 foizga (2024 yildan keyin), so‘ngra yana 5 foizga (2026 yilda) oshishi mumkin. Lufthansa ajratilgan mablag‘larning barchasini jamg‘armaga qaytara olsa, jamg‘arma unga tegishli aksiyalarni 2023 yil 31 dekabrdan kech bo‘lmagan muddatda bozor narxida qayta sotish majburiyatini oladi.
Kompaniya Kreditanstalt für Wiederaufbau davlat banki va boshqa banklardan uch yillik kredit sifatida yana 3 mlrd yevro oladi.
Davlat Lufthansa’ni qo‘llab-quvvatlashi haqidagi xabarlar paydo bo‘lgandan keyin kompaniya aksiyalari 7,6 foizga qimmatlashib, bir donasi narxi 8,64 yevrogacha yetgan.
Yevropaning eng yirik aviakompaniyasi hisoblanuvchi Lufthansa aviakompaniyasi 1926 yilda tashkil etilgan. 1994 yilgacha u davlat aviakompaniyasi bo‘lgan, 1997 yilda esa to‘liq sarmoyachilarga o‘tgan. Kompaniya sarmoyachilari orasida Deutsche Postbank va Deutsche Bank banklari bor.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fransiyada 1 iyuldan bolalar yuradigan joylarda tamaki chekish taqiqlanadi
Jahon | 23:26 / 30.05.2025
-
AQSh Oliy sudi Trampga Baydenning migratsiya dasturini bekor qilishga ruxsat berdi
Jahon | 22:54 / 30.05.2025
-
“Sotilmaydi”, lekin sotuvda: Bektemirdagi bog‘ atrofida nima bo‘lyapti?
Jamiyat | 22:30 / 30.05.2025
-
30 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:30 / 30.05.2025
Mavzuga oid

15:50 / 29.05.2025
Germaniyada uch nafar rossiyalik josusga ayblov e’lon qilindi

15:05 / 29.05.2025
Germaniya: Kiyev bilan birgalikda qurol ishlab chiqarish tez orada boshlanadi

13:12 / 29.05.2025
Germaniyada hamshira sifatida ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda

09:50 / 29.05.2025