Bugun yangi holatlar törtta hududda - Toşkent şahri, Toşkent viloyati, Samarqand va Qoraqalpoğistonda qayd etildi.
Xususan, Toşkent şahrida 33, Toşkent viloyatida 7, Qoraqalpoğistonda 6, Samarqandda 5 kişiga virusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan.
Bugungi 51 holatning 36tasi xorijdan kelganlar bilan boğliq, 15 holat karantin muassasalarida va aholi orasida qayd etilgan.
Toşkent şahridagi 33 holatning 32tasi oldindan karantinda bölganlar orasida qayd etilgan, aholi orasida bitta holat aniqlangan.
Toşkent viloyatidagi 7 holatning 6tasi xorijdan kelgan yuk maşinasi haydovçilari bilan boğliq, yana bir çegara bojxona xizmati xodimida virus aniqlangan.
Qoraqalpoğistondagi 6 holatning 5tasi xorijdan kelgan yuk maşinasi haydovçilari bilan boğliq (ularning ikki nafari ukrainalik), şuningdek, çegara bojxona posti xodimlaridan 1 nafariga virusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan.
Samarqanddagi 5 holatning 4tasida kasallikka çalinganlar bilan muloqot qilganlarda virus aniqlangan, yana bir holatda virus yuqişi manbasi hozirça ma'lum emas.
Bugun Qoraqalpoğiston Respublikasida 4 nafar, Samarqand viloyatida 17 nafar, Toşkent şahrida 21 nafar bemor soğaydi.












