Xabar qilinişiça, 32ta tibbiyot muassasasida 932 nafar xodimga 19,6 mlrd söm miqdorida maxsus rağbatlantiriş pullari tölaş keçiktirilgani aniqlangan.

Şundan 4,8 mlrd sömga yaqin mablağ Toşkent şahridagi tibbiyot xodimlariga öz vaqtida tölab berilmagan.

Tölovlar keçişi holatlari viloyatlarda ham kuzatilgan. Xorazm va Andijon viloyatlarida 1,7 mlrd söm tölanişi keçikkan bölsa, Samarqand viloyatida 1,2 mlrd sömlik rağbatlantiriş puli öz vaqtida berilmagan:

  • Qaşqadaryo viloyat Yuqumli kasalliklar şifoxonasi viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi (SEOM)ga öz vaqtida talabnoma bermagani oqibatida, 21 nafar tibbiyot xodimiga ikkinçi 14 kunlik iş faoliyati uçun 373,6 mln.söm rağbatlantiriş pullari öz vaqtida tölanmagani aniqlanib, joyida bartaraf etilgan.
  • Samarqand viloyat Yuqumli kasalliklari klinik şifoxonasi tomonidan tibbiyot xodimlariga rağbatlantiriş pullari uçun talabnoma yuborilgan bölsa-da, viloyat SEOM örnatilgan tartibda tibbiyot xodimlari röyxatini tasdiqlab, mablağ ajratişga talabnomani viloyat moliya boş boşqarmasiga taqdim etmagani oqibatida 61 nafar tibbiyot xodimiga 1,2 mlrd.söm rağbatlantiriş pullari tölanişi keçikkan. Körilgan çoralar natijasida pullar töliq tölab berilgan.
  • Xorazm viloyat SEOMga 9ta soğliqni saqlaş muassasasi tomonidan 6 may kuni xodimlarga rağbatlantiriş puli uçun talabnomalar berilgan bölsa-da, viloyat SEOM tibbiyot xodimlari röyxati va zarur mablağ 1,7 mlrd.söm uçun talabnomalarni şakllantirmagani oqibatida rağbatlantiriş puli uçun mablağ öz vaqtida moliyalaştirilmagan.
  • Andijon viloyat Yuqumli kasalliklar şifoxonasi mas'ullari boşqa tibbiyot muassasalaridan jalb etilgan tibbiyot xodimlariga işlagan kunlari uçun tabellarni taqdim etmagani oqibatida 80 nafar tibbiyot xodimiga 1 711,7 mln.söm rağbatlantiriş pullari öz vaqtida tölanmasdan qolgan.