Norma’ning yozişiça, qaror bilan ikkita hujjat tasdiqlandi.
1. Xavfli işlab çiqariş obektlarini hisobga oliş va davlat reyestrini yuritiş tartibi töğrisidagi nizom.
Belgilangan tartibda foydalanişga qabul qilingan hamda identifikatsiyadan ötgan xavfli işlab çiqariş obektlari (XIÇO) reyestrda majburiy hisobga olinadi.
Reyestr Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi tomonidan quyidagi tartibda yuritiladi:
hisobga oliş raqamini beriş bilan XIÇO töğrisidagi zarur axborotni ma'lumotlar bazasiga kiritiş;
XIÇO töğrisidagi ma'lumotlarni davriy yangilaş yoki uni Reyestrdan çiqariş orqali.
XIÇOni reyestrda hisobga oliş undan foydalanuvçi taşkilotning arizasiga asosan hisobga oliş sxemasi böyiça amalga oşiriladi.
2. Xavfli işlab çiqariş obektida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilişi ustidan işlab çiqariş nazoratini taşkil etiş va amalga oşiriş tartibi töğrisidagi nizom.
XIÇOdan foydalanuvçi taşkilot rahbari işlab çiqariş nazoratini ta'minlaydi. U işlab çiqariş nazorati töğrisidagi lokal hujjat işlab çiqilişini taşkil etadi, uşbu hujjat Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi organlari bilan majburiy kelişiladi.
Nizom bilan quyidagilar belgilandi:
taşkilotda işlab çiqariş nazoratini amalga oşiriş böyiça vakolatlar yuklanişi mumkin bölgan şaxslar doirasi;
işlab çiqariş nazorati xizmati xodimlariga qöyiladigan talablar, ularning vazifalari, huquq va majburiyatlari;
tekşirilişi zarur bölgan faoliyat turlari va sohalari;
işlab çiqariş nazoratini amalga oşiriş tartibi;
XIÇOda sanoat xavfsizligi holati töğrisidagi ma'lumotlarni röyxatdan ötkaziş tartibi.
XIÇOdan foydalanuvçi taşkilotlar yil yakunlari böyiça, şuningdek sörovga köra işlab çiqariş nazorati taşkil etilişi töğrisidagi axborotni Sanoat xavfsizligi davlat qömitasining tarkibiy bölinmalari va boşqa vakolatli organlarga taqdim etadi.











