AQŞning Boeing kompaniyasi 6,7 mingdan köproq xodimini böşatişga qaror qildi. Bu haqda kompaniya prezidenti va boş direktori Devid Kelxun bayonotida aytilgan.

“Biz ötgan oy e'lon qilgan, xodimlarning öz xohişi bilan işdan böşaş dasturini yakunladik. Endi esa majburiy böşatiş dasturini boşlaşimizga töğri keladigan qayğuli onlarga yetib keldik. Joriy haftada AQŞdagi 6770 xodimimizni uşbu dastur ta'siriga uçraşlari haqida xabardor qilamiz”, deb aytgan Kelxun. Uning ta'kidlaşiça, böşatilgan xodimlarning barçasi tegişli tölovlar va suğurta imtiyozlarini töliq hajmda oladilar.

Boeing rahbarining ta'kidlaşiça, pandemiya oqibatlari AQŞ va butun dunyo aviakompaniyalarining holatiga falokatli ta'sir körsatdi. Uning aytişiça, şu sababli kompaniyaning mahsulotlari va xizmatlariga talab ança pasayib ketgan.  

27 may kuni The Wall Street Journal naşri Boeing 2,5 mingga yaqin xodimini haq tölanmaydigan ta'tilga jönatişini ma'lum qilgandi. 

29 aprelda Kelxun pandemiya aviataşuvlar sohasiga salbiy ta'sir körsatganini, şu sababli Boeing ba'zi samolyotlar modellari işlab çiqarilişini qisqartirişga töğri kelişini aytgandi. Bu esa kompaniya rahbariyatini butun dunyo böylab 10 foiz xodimlarini qisqartirişga majbur qilgan.