Joriy yilning 27 may kuni soat 01:30larda, Samarqand viloyati, Bulunğur tumani, “Uluğbek” mahallasi hududidan ötuvçi M-39 avtomobil yölining 1058-km.da yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, haydovçi, 1980 y.t. X.T. (erkak) “Lasetti” rusumli transport vositasi tezligini me'yoridan oşirgan holda “Samarqand-Toşkent” yönalişi böylab boşqarayotib, özi bilan bir yönalişda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovçi, 1984 y.t. M.T. (erkak) boşqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositasiga yaqinlaşib, orqa öng yon tomonidan urib, YTH sodir etişi oqibatida “Lasetti” avtomobili ağdarilgan.

Natijada, “Lasetti” rusumli transport vositasi yölovçisi, 1984 y.t. X.K. (erkak) oğir tan jarohati olib şifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Bulunğur tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Barça haydovçilardan yöllarda harakatlanganda yöl harakati qoidalariga amal qilişlarini, özlari va özgalar hayotini xavf ostiga qöymasliklarini sörab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
















