Jahon | 00:13 / 29.05.2020
5158
1 daqiqa o‘qiladi

Boeing muammoli 737 MAX samolyotlari ishlab chiqarilishini qayta yo‘lga qo‘ydi

Boeing kompaniyasi muammoli 737 MAX samolyotlari ishlab chiqarilishini tiklashini e'lon qildi. Samolyotlar ishlab chiqarilishi Renton shahridagi zavodda qayta boshlangan. 

Foto: iStock

“Hozirda ishlab chiqarish hajmlari past, chunki biz ish joyida mehnat xavfsizligini ta'minlash va mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rdik. Yil davomida Boeing  ushbu turdagi samolyotlardan ko‘proq ishlab chiqarmoqchi”, deb aytilgan kompaniya bayonotida.

Boeing 737 MAX modellaridan foydalanish ular ishtirokida Efiopiya va Indoneziyada yuz bergan falokatlardan keyin to‘xtatilgan edi. Kompaniya rahbariyati fojialarning barcha tafsilotlarini o‘rgangach, ikkala hodisada ham samolyotlarning manyovrlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash tizimida muammo bo‘lganini tan olgan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan, o‘shanda ko‘plab davlatlar ushbu modeldagi samolyotlarni qo‘llashni to‘xtatgandi.

 

Mavzuga oid