Ma'lum bölişiça, Oliy Majlis Senatining Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev bu masalani Denov şahar hokimi va Arxitektura va quriliş boşqarmasi rahbari bilan muhokama qilgan.

Senat matbuot xizmatiga köra, Sayfullayev «buyuk sohibqiron siymosini gavdalantirişda barça jihatlarga ahamiyat qaratib, kiçik bir detallarni ham e'tibordan çetda qoldirmaslik zarur»ligini ta'kidlagan.

«Çunki bobomiz Amir Temur şaxsini nafaqat biz, balki butun dunyo ahli yaxşi biladi va ardoqlaydi. Şunday ekan uning siymosini yaratişda xato qilişga haqimiz yöq», degan sobiq Madaniyat vaziri, ayni paytda Senat qömitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Denov tumani hokimligi ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarga javoban haykaldagi belgi yuzasidan tuşuntiriş bergan.

Unga köra, haykal Denov şahar hokimligining 1996 yil 25 apreldagi farmoyişiga asosan bunyod etilgan. Haykalda Amir Temurning uç halqadan iborat belgi biriktirilgan hassani qölida tutgan siymosi aks etgan.

«Sohibqiron bobomiz qölida uşlab turgan hassadagi uç halqa Temur va Temuriylar saltanati bayroği, tamğasi va tangalarida tasvirlangani tarixiy manbalarda keltirib ötilgan.

Amir Temur saroyida xizmat qilgan arab tarixçisi Ibn Arabşoh, Samarqandga ispan elçisi sifatida kelgan Rui Gonzales de Klavixo tomonida keltirilgan ma'lumotlarda va boşqa ilmiy risolalarda qayd etilişiça, bir-biriga tutaşgan uç halqa tasvirining Amir Temur bayroği, tamğasi va tangalariga tuşirilişi bu uning yer yuzidagi uç iqlim, ya'ni şimol, janub va ğarb hududlarini öz hukmronligi ostida birlaştirganini, dunyoning uç qismi podşosi ekanini ifodalagan.

Xulosa şuki, qölida uç halqadan iborat belgi biriktirilgan hassa tutgan Amir Temur haykali bobokalonimizning şon-şuhrati, uç iqlimni birlaştirgan yengilmas maşhuri zamon bölganligi ramzidir», deyiladi hokimlik bayonotida.

Qöşimça qilinişiça, Denov tumani va uning markazini 2020-2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturiga asosan, tuman markazidagi xiyobonda örnatilgan Amir Temur haykali qayta rekonstruksiya qilinadi.