Britaniyaning Olton şaharçasida sayyoraning ayni vaqtda eng keksa erkagi hisoblangan Bob Ueyton 112 yoşida vafot etdi. Bu haqda Ueyton oilasiga tayanib Press Association axborot agentligi xabar berdi. 

29 mart kuni qariya 112 yoşini qarşilagandi. Biroq u pandemiya sababli tavallud kuni nişonlanişini bekor qilişiga töğri kelgan. U ijtimoiy masofa qoidalari sababli dunyoning eng keksa erkagi deb tan oliniş uçun Ginness rekordlar kitobi rasmiy vakili bilan uçraşa olmagan. Buning örniga Ueyton yaşagan qariyalar uyi xodimlari unga boloxonadan “Tuğilgan kuning bilan” qöşiğini kuylab, xavfsiz masofadan Ginness rekordlar kitobi sertifikatini topşirişgan. Ta'kidlanişiça, qariyaning ölimiga saraton kasalligi sabab bölgan.

Ueytonga eng keksa qariya nomi 23 fevralda 113 yoşiga tölişiga 10 kun qolganda vafot etgan yaponiyalik Titetsu Vatanabedan ötgan edi.  

Ueyton Britaniyaga köçib ötişdan avval Kanada va Tayvanda yaşagan. U öz vaqtida bezgakka çalingan va bir neçta jarrohlik operatsiyalarini boşdan ötkazgan.

Mutaxassisligi böyiça muhandis bölgan qariya Ikkinçi jahon uruşi vaqtida Britaniya imperiyasi uçun samolyotlar işlab çiqargan zavodda işlagan. U hayotining oxirgi yillari öyinçoq tegirmonlar yasab, ularni taxminan 50 dollardan sotgan va tuşgan pullarni xayriya maqsadlariga bergan.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, endilikda sayyoraning eng keksa erkagi nomi braziliyalik Olimpio Martins Piresga ötadi. 24 avgustda u 112 yoşga töladi.

Ayni vaqtda dunyoning eng keksa odami va ayoli yaponiyalik Kane Tanaka hisoblanib, u 117 yoşda.