Ayni kunlarda Jizzax şahridagi Sangzorköl mavzesida velosiped sportining Olimpiya öyinlari dasturiga kiritilgan VMX (velosipedli motokross) yönalişi böyiça yurtimizdagi dastlabki trassa qurilişi boşlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar qilmoqda.
Qayd etilişiça, bu mamlakatda sportning uşbu yönalişiga bölgan qiziqiş yanada ortişiga xizmat qiladi. Hozirda Jizzax viloyati hokimligi hamda Özbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbariyati trassa uçun ajratilgan hududni yaqindan örganib çiqişmoqda.

“Ta'kidlaş joiz, quriliş viloyat hokimligi taşabbusi bilan bunyod etilmoqda va loyihalaştirilmoqda”, - deyiladi ma'lumotda.
Jizzaxda qurilajak trassa Ukraina, Fransiya va belgiyalik mutaxassislar tomonidan loyihalaştiriladi va ekspertlar quriliş işlari boşlangaç bevosita jarayonni nazorat qilib borişadi (xalqaro parvozlar oçilgaç). Dastlabki hisob-kitoblarga köra, trassa sentabr oyida oçilişi kutilmoqda.












