Prezidentning yangi farmoni, «madaniyat bormagan» qişloqlar va san'at borasida ötmaslaşgan did - vazir Ozodbek Nazarbekov bilan suhbat
|03:45 / 29.05.202025 10612 min
26 may kuni prezident Şavkat Mirziyoyev madaniyat sohasiga oid «Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi örni va ta'sirini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonni imzoladi. Kun.uz muxbiri bu farmon bilan madaniyat sohasida qanday özgarişlar kutilayotgani hamda öz yeçimini kutayotgan bir neçta muammolar yuzasidan Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan suhbat uyuştirdi.
— Ozodbek aka, sizga Madaniyat vaziri lavozimi topşirilganiga deyarli 4 oy böldi. Odatda, qaysidir lavozimni egallagan insonning faoliyatiga baho beriş uçun 100 kun vaqt ötişi kutiladi. 100 kundan söng uning natijalariga baho beriş mumkin. Siz vazir sifatida lavozimga tayinlangandan söng nimalarga köproq e'tibor beryapsiz va nimalarni qilişga ulgurdingiz?
— Avvalo, madaniyat boşqaruv tizimida qariyb 3 yildan beri faoliyat yuritayotgan bölsam, men biror iş qildim deb ayta olmayman. Sababi, dastlab, örganişda böldim. Tizim muammolarini tahlil qiliş, tuşuniş va muammolarni hal qiliş samaradorligini oşirişga harakat qildim. Heç kimga sir emas, ötgan yillar mobaynida madaniyat ikkinçi darajali yoki undan ham quyiroqdagi tizim sifatida qarab kelingan. Bu davr mobaynida sohani qöldan kelgança örgandim, lekin 3 yil buning uçun yetarli emas. San'at sohasida cuyagim qotgani uçun ham madaniyatga oid muammolar bilan taniş edim. Hozir mana şu muammolarni hal qilişga imkon qadar harakat qilyapman. Ötgan davr sohani içiga kirişim uçun tayyorgarlik böldi, desam ham böladi.
Sohada hal qilinişi kerak bölgan muammolar köp bölsa-da, eng asosiylari yangi farmon bilan öz yeçimini topişi kerak.
— Tuşunişimça, farmon bilan madaniyat sohasida kadrlar tayyorlaşga alohida e'tibor qaratilmoqda. Maqom ijroçiligi, baxşiçilik va katta aşula yönalişlari böyiça kadrlar tayyorlovçi OTM - Yunus Rajabiy nomidagi Özbek milliy musiqa va san'at instituti taşkil qilinişi belgilangan. Kadrlar tayyorlansa, buning bilan birga uning sifatiga baho beradigan baxşişunos, maqomşunoslar ham tayyorlanadimi?
— Umuman olganda, ta'lim sohasidagi islohotlarda mana şu sohaga oid olimlarni yetiştiriş maqsad qilib olingan. Sababi, ayniqsa, baxşiçilik va maqom yönalişlarida zör ijroçilarga muhtoj emasmiz. Ular bugun bor. Iste'dodlar turli hududlarimizda mavjud. Biroq ötgan davr mobaynida ilm bilan heç kim şuğullanmadi- nazariya uzildi. Deylik, Yunus Rajabiy maqom san'atini notaga kiritib, maqom merosimizni qoğozga tuşirgan maqom yönalişidagi birinçi va oxirgi akademik bölib qolgan.
Şundan söng ötgan davr mobaynida birorta akademik bölmagan, sohada sezilarli özgarişlar qilinmagan va yaxşi öquv qöllanmalar çiqarilmagan. Hatto konservatoriyada maqom ijroçiligi fakultetida ustoz-şogirdlik an'anasi böyiça ta'lim berilmoqda. Men buni qoralamoqçi emasman. Biroq xavotirli tomoni: agar şu yönalişda biror ustoz qolmasa, demak, bu san'at öldi degani. Çunki uning hujjati, pasporti yöq.
Mavzuga oid
Ya'ni, masalan, jahon musiqasi yönalişida bizda birorta mutaxassis qolmasa, metodikalardan foydalanib, örganib, işni qaytadan yölga qöysa böladi. Biroq maqomçilik yönalişida şunday holat bölsa, bu yönaliş tugaydi. Şuning uçun maqomçilik, katta aşula kabi yönalişlarda bilimi bor ustozlarni ilmga yönaltirib, ulardan kerakli narsani olib qolişimiz kerak.
Qisqaça aytganda, milliy an'anaviy yönalişda ta'lim siyosatini tubdan isloh qilişga muhtoj edik. Ötgan yili baxşiçilik markazlari taşkil qilingandi, endi maqom markazlari ham oçiliş rejalaştirilgan, ularda, asosan, ilm bilan şuğullaniladi. Markazlarda unutilib ketgan sozlar, topilmagan, tarjima qilinmagan musiqa asarlari, risolalar örganiladi.
Masalan, Forobiyning ham musiqaga oid hali tarjima qilib örganilmagan asarlari bor. Lekin, aslida, jahon musiqasi va milliy musiqamiz örtasida ham katta tafovut bor.Jahon musiqasi andozalari milliy musiqamizga mos kelmaydi. Jahon musiqasi milliy musiqamizni tasvirlab bera olmaydi. Şuning uçun oldimizda milliy notalarimizni yaratiş vazifasi ham turibdi. Bularning hammasi esa ilm bilan boğliq.
— Keyingi savol ham bevosita şu mavzuga aloqador. Bizda maqom yönalişida nazariyaçi mutaxassislar masalasi dolzarb hisoblanadi.
Mahmudjon Tojiboyev, Abror Zufarov, Munojot Yölçiyeva kabi tajribali ustozlar bölsa-da, ular köproq amaliyotçi. Xöş, yangi oçilayotgan institutda talabalarga nazariy bilimlarni kim beradi?
— Farmon loyihasini işlab çiqiş va undan keyingi jarayonlarda mutaxassislarni jalb qildik. Bundan taşqari, ötgan yili maqomçilik rivojlangan Buxoro, Xorazm, Farğona va Toşkent kabi 4 ta hududda maqom maktab-internatlari taşkil etilgandi.
Rejamizga köra, öşa maktablarni bitirib kelgan bolalarni konservatoriya ta'limi qoniqtirmasligi kerak. Ular öşa maktablarda köproq narsa özlaştirişi va maqomçilikni örganişi uçun kadr tayyorlaşni maktab-internatlardan boşlamoqçimiz. Ehtimol, bu boşida 1-2 yil natija bermas, lekin bosqiçma-bosqiç samarasini körişimiz mumkin. Boşida ta'kidlaganimdek, yaxşi amaliyotçilarimiz köp, endi yaxşi nazariyaçilar, olimlarga ega bölişimiz kerak.
Şuning uçun 4 ta maktab-internatda maqomçilik ilmi, tarixi, notalar, aruz, ğazallarni tuşunişni mukammal örgangan kadrlarni boşidan tayyorlab kelmoqçimiz.
Agar konservatoriya haqida ma'lumot söralsa, örtaça 4-5 baholik ma'lumot berilaveradi. Masalan, fortepiano, akademik ijro yönalişida yigit-qizlar katta-katta festivallarda laureat bölib kelişmoqda. Ular ta'lim muassasasiga umumiy bahoni olib berişmoqda. Biroq konservatoriyada qaysidir bir soha çirimoqda, yöqolib boryapti. Umumiy planda esa “mana şunça laureat bor” deya körsatiladi, biroq içkarida rivojlanmay qolayotgan maqomçilik kabi yönalişlar bor. Buning aybi ham yaxşi ijroçilar, maqomçilar bilan yopilib ketyapti. Lekin ular individual iste'dod egalari, oila tarbiyasi va meros qobiliyat bilan şu darajaga erişişgan, bunday şaxslarni konservatoriya tayyorlab beradi, deb ayta olmayman. Şuning uçun kamçiliklarni körsatmoqçi hammiz. Buning bilan ertagayoq konservatoriya yoki milliy maqomçilik instituti gullab-yaşnaydi, deb aytolmayman, aksinça, xato va kamçiliklarimiz körinadi, uning qanaqa ahvolda ekanini olimlar ham, jamoatçilik ham körsin. Va bu bizga uni mukammallaştiriş vazifasini yuklaydi. Agar umumiylik içida milliy musiqamiz qolib ketaversa, unda uning qay ahvolda ekanini bila olmasdan öz-özimizni aldab yuraveramiz. Agar boşqa musiqa yönalişlaridan ajratib olsak, kamçiliklari yaqqol körinadi va ularni bartaraf etiş uçun hamma imkon qadar yordamga şoşiladi.
— Çekka hududlarda madaniyat va dam oliş markazlari juda açinarli ahvolda. Qöpolroq tasvirlasak, bu yönalişda odamlar odamdek yaşamaydi. Farmonda şu yönalişda ham rejalarni kördim. Xöş, çekka-çekka hududlarga klublar, dam oliş maskanlari qay darajada kirib boradi?
— Masalan, men tuğilib-ösgan Şahrixon tumanida 350 ming aholi yaşaydi. Şu tumanda 3 ta madaniy markaz bor, ularning bittasi işlaydi, bittasi bir işlab-işlamaydi. Bir söz bilan tumanda madaniyat yöq deb aytişim mumkin. 350 ming aholi 30 kilometr yöl bosib tuman markazidagi madaniyat markaziga kelmaydi. Bu aççiq haqiqat.
Lekin biz bir yilda hamma tumanlarda madaniyat markazlari qurib foydalanişga topşira olamizmi? Buni hal qila olmaymiz.
Şuning uçun davlat rahbari tomonidan köçma avtoklublar taşkil etiş haqida aytildi. Ularning içida hamma şaroit, hatto grimxonagaça böladi. Ular hududlarga borib, madaniy xizmat körsatiş vazifasini bajaradi. Bu tuman hududlarida madaniy markazlar qurib foydalanişga topşirilgunga qadar hozirgi birinçi yeçim.
Bundan taşqari, bu avtoklublar topgan daromadni ular tegişli bölgan madaniy markazlarda qoldiriş, viloyat madaniyat boşqarmalarining ham topgan pullarini özlarida qoldiriş, pullik şartnoma asosida tadbirlar ötkaziş vazifasi qöyilmoqda.
Bular bilan «tip»lardan voz keçilmoqda. Hozir madaniyat markazlarining 3 ta tipi bor. Şulardan voz keçib, madaniyat markazlarining arzon-qulay variantlari şakllantirilmoqda.
Biz Andijon viloyati misolida holatni örgandik va bitta madaniyat markazi örniga 3-4 mahalla gavjum yaşaydigan hududlarga kiçik-kiçik madaniyat markazlarini quriş fikriga keldik. Masalan, ularda ham tögaraklar taşkil qiliş va boşqa eng kerakli şaroitlarni qilib berib, madaniy xizmatlarni yölga qöyişimiz zarur.
Qişloqlarda hozir deyarli madaniy markazlar yöq. Faqat maktab, dala, mol-qöy. Şuning uçun bu masalani imkon qadar tez hal qilişimiz zarur. Va hozir bu yönalişdagi yillik rejamizga ham özgartiriş kiritib, qurilişi möljallangan bitta kattaroq markaz örniga neçta kiçikroq markaz quriş mumkinligini hisoblab çiqyapmiz. Agar hammasini aniq belgilab olsak, keyin şunga qarab, tegişli taşkilotlar bilan kelişamiz. Buning bilan har bir viloyatga tuşgan pullar sarfini özgartirib, köproq aholini qamrab olmoqçimiz.
— Madaniyatning turli tarmoqlari: adabiyot, til, san'at, din hammasi inson dunyoqaraşini şakllantirişga xizmat qiladi. Lekin siz ham ta'kidladingiz, oxirgi paytlarda insonlar dunyoqaraşi ötmaslaşgandek va, afsuski, şuning ortidan til borasida yoki boşqa yönalişlarda turli tahdidlarni ham sezyapmiz.
— Bu savol juda oğriqli nuqtamiz haqida böldi. Şu nuqtai nazardan farmonda madaniyat va san'atning jamiyatimizga ta'sirini kuçaytiriş haqida aytilgan. Bu esa biz madaniyatçilarga çaqiriq bölyapti.
Birinçidan, madaniyatçilarni özlarining harakatlari haqida öylab körişga çaqiradi: biz jamiyatga qay tomondan ta'sir körsatyapmiz? Ijobiymi yoki salbiymi degan savol paydo böladi. Aslida, madaniyat sohasi vakilining jamiyatda qanday vazifalari bor edi? Biz nimalar qilişimiz kerak edi?
Masalan, köçada yöl patrul xizmati xodimi odamlarga qöpol muomalada bölayotgan bölsa, bunda bizning aybimiz yöqmikin? Bu haqida biror madaniyatçi öylab köryaptimikin?
Yoki tilimizga toş otilayotgan bir paytda jamiyatning jim turişi ham madaniyatçilarning aybi emasmikin?
Yoki umuman, madaniyat odamlar dunyoqaraşida qanday aks etyapti? Faqat konsert, tomoşalarni anglatadigan bölib qolganmi bu söz? Yoki boşqa ma'nolari bormi? Afsuski, madaniyat sözini odamlar juda yengil tuşunadigan bölib qolişgan. Bu borada madaniyatçilar mas'uliyat his qilişyaptimi? Jamiyatning madaniy saviyasi şakllanib, takomillaşib bormas ekan, özini yöqotuvçi jamiyatning birinçi alomati ham şu ekanligini anglayapmizmi? Çunki millatni millat qiluvçi narsalar ham madaniyatdan iborat. Agar odamning madaniyati bölmasa, uning manqurtdan farqi qolmaydi. Biz esa buning oldini oliş uçun jamiyatga qançalik ta'sir ötkaza olyapmiz?
Demak, bugun tizimlar orasida, vazirliklar içida Madaniyat vazirligi lokomotiv bölişi şart.
Ayni paytda ayrim ota-onalar farzandi pasport olişi bilan Rossiyaga toğasining oldiga işlagani boradi deb öylaşadi. Ularning orzulari şu darajada kiçrayib qolgan. Bu sovet davrining bizga ötkazgan salbiy ta'sirining mevalari. Qişloqlarda ota-onaning ham, farzandning ham eng katta orzusi Rossiyaga borib işlab kelişdan iborat bölib qolişi ommalaşmoqda. Jamiyatning orzulari kiçraygan.
Amir Temurni va bu orzularni soliştirib köring yoki Ibn Sino, Zahiriddin Muhammad Bobur, Al-Xorazmiyning qanday muqaddas orzulari bor edi-yu, hozir jamiyatning aksar qismida nega bunday kiçik orzular şakllanyapti? Buni fojia deb ataş mumkin. Uning sodir bölişida esa bizning, madaniyatçilarning ham aybimiz bor, şuning uçun jamiyatni isloh qiliş dardi, uni qila olyapmizmi yoki yöqmi degan dard bilan yaşaşimiz kerak.
Suhbatni töliq şaklda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.