Voqea oxirgi kunlarda tartibsizliklar bilan qamrab olingan Minneapolis şahrida yuz bergan. Omar Ximens “Yangi kun” dasturi efirida yuz berayotgan tartibsizliklar haqida sözlayotganda, uning yoniga politsiyaçilar kelib, dastur boşlovçilari va millionlab teletomoşabinlar köz öngida uni hibsga olişgan. Ular muxbirning nima uçun hibsga olinayotgani haqidagi savoliga javob berişmagan. Yuz berayotgan voqeani CNN’ning suratga oliş guruhi operatori kameraga qayd qilgan.

Keyinroq CNN matbuot xizmati Twitter’da suratga oliş guruhining qolgan a'zolari ham hibsga olinganini ma'lum qilgan.

Minneapolis şahrida Jorj Floyd ismli afroamerikalik erkak politsiyaçilar tomonidan uşlaniş vaqtida öldirilgandan keyin ommaviy noroziliklar boşlangan. Minneapolis meri AQŞ prezidenti Donald Trampdan şaharga milliy gvardiya kuçlarini kiritişni söragaç, Minneapolis, Sent-Pol şaharlari va yaqin atrofdagi aholi punktlariga tartibsizliklarni bostiriş uçun milliy gvardiyaning 500 jangçisi yuborilgan.