Vloger Kirill Altman «Alter Ego» loyihasi doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasidagi faoliyati bilan tanilgan Behruz Hamzayev bilan intervyu uyushtirdi.
Intervyuda Hamzayevning Innovatsion rivojlanish vazirligi haqidagi so‘zlari muhokamalarni keltirib chiqardi. U xususan shunday degan:
«Men sizga amalga oshgan, ammo mensiz amalga oshgan g‘oya haqida gapirib beraman. Darvoqe, bu haqda birinchi marta ochiq gapirishim. 2017 yil 27 noyabrda bizda Innovatsiya vazirligi ochildi. Ushbu vazirlik konsepsiyasining g‘oyaviy ilhomlantiruvchisi, muallifi menman».
Bu gapni aytgan Behruz Hamzayev o‘zi ishlab chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Kelajak, innovatorlik va hamkorlik vazirligi loyihasini ko‘rsatadi. U bu loyiha ustida 8 oy ishlaganini aytgan.
Keyinchalik suhbat Innovatsion rivojlanish vazirligining faoliyati haqida davom etib, unda quyidagi dialog bo‘lgan:
Hamzayev: Siz bu vazirlik uch yil davomida nimadir qilganini ko‘rdingizmi?
Altman: Yo‘q.
Hamzayev: Men ham ko‘rmadim.
Innovatsion rivojlanish vazirligi Behruz Hamzayevning intervyuda aytgan bu gaplari yuzasidan bayonot berdi.
«Behruz Hamzayev suhbat davomida «Innovatsion rivojlanish vazirligining g‘oyasi mendan chiqqan, vazirlik nomi ham noto‘g‘ri qo‘yilgan», deb fikr bildiradi. Vaholanki, Innovatsion rivojlanish vazirligi Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017 yilning noyabr oyida tashkil etilgan.
To‘g‘ri, Behruz Hamzayev tomonidan bloger Kirill Altmanga ko‘rsatilgan «O‘zbekiston Respublikasi Kelajak, novatorlik va hamkorlik vazirligi» deb nomlangan broshyurasi uch yil avval o‘zi tilga olmagan mas'ul xodimlarga taqdim etilgan va uning bu g‘oyasini kimdir qo‘llab-quvvatlagan ham bo‘lishi mumkin, lekin bu uning «Innovatsion rivojlanish vazirligini men tashkil etganman», deyishi uchun asos bo‘la olmaydi», deyiladi vazirlik munosabatida.
Rasmiy bayonotda Behruz Hamzayevning go‘yoki vazirlik o‘tgan uch yil davomida hech narsa qilmagani haqidagi gaplariga ham munosabat bildirgan:















