“Mirziyonomika” kitobi plagiat mahsuli ekani aytildi. Muallif nima deydi?
|01:32 / 01.10.202139 44111 min
Sentabr oyi boşida Behruz Hamzayev “Mirziyonomika. Markaziy Osiyo yölbarsining sakraşi” nomli kitob yozgani haqida ma'lum qilgandi. Internet foydalanuvçilari kitob Rossiyada çop etilgan boşqa bir naşrdan aynan köçirilganini ta'kidlaşdi. Kun.uz muallif bilan intervyu uyuştirdi.
Özi nima gap?
8 sentabr kuni “Ziyo Forum” rivojlaniş va ta'lim jamğarmasi direktori örinbosari Behruz Hamzayev Facebook’dagi sahifasida “Mirziyonomika. Markaziy Osiyo yölbarsining sakraşi” (Mirziyonomics. Leap of Central Asian tiger) nomli yangi kitobi naşrdan çiqqanini e'lon qilgandi. Kitobda Özbekistonning 2030 yilgaça amalga oşirilişi közda tutilgan raqamli transformatsiya strategiyasi haqida söz boradi. Özbek va rus tillarida kitob tarğiboti uçun mirziyonomics.uz nomli sayt ham yaratilgan bölib, “Mirziyonomika”ni uşbu saytdan bepul yuklab oliş mumkin.
“Şuni ta'kidlaşni istardimki, biz uşbu saytni Özbekistonni rivojlantirişga qaratilgan boşqa strategiyalarni naşr etiş uçun katta oçiq platforma deb ham qarayapmiz. Uşbu sayt atrofimizdagi dunyoni yaxşiroq va tölaqonli qiladigan ğoyalar hosilasi böladi. Çunki men bu sönggi 2-3 yil içida Özbekiston uçun muvaffaqiyatli, ba'zilari esa hozirça unçalik muvaffaqiyatli bölmagan tub özgarişlardan özim uçun kaşf etgan asosiy tuyğu — bu öz mamlakatingiz rivojiga oldingi davrda bölgani kabi nafaqat hokimiyat tepasida bölib, balki xalq orasidan ham hissangizni qöşişingiz mumkin”, deya yozgan muallif.
Behruz Hamzayevning qayd etişiça, “Mirziyonomika” strategiyasi AKTni davlat hayotining barça sohalariga integratsiya qiliş orqali tadbirkorlik faoliyati, ijtimoiy soha va davlat boşqaruvini jonlantiriş, yaxşilaş va soddalaştiriş maqsadida 2030 yilgaça bölgan davrda Özbekiston hukumatining ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini raqamlaştirişning asosiy vektori böladi.
Mavzuga oid
“3 yil davomida pişitilgan strategiya”
Behruz Hamzayev
Ma'lum bölişiça, kitob orqali ilgari surilgan strategiyani yaratiş böyiça ğoya 2018 yilda tuğilgan, strategiyani işlab çiqiş işlari uç yil davom etgan. Muallif elektron kitob tarzida taqdim etilgan strategiyani raqamli Özbekistonni rivojlantirişga yangi qaraş, befarq bölmagan yoşlar jamoasining taklifi sifatida ifoda etişini ta'kidlaydi.
Hukumat strategiyani amalga oşirişdan manfaatdor bölsa, Behruz Hamzayev hujjatning bu qismini oşkor qilişga va taqdim etişga tayyorligini bayon qilmoqda.
Muallifga köra, “Mirziyonomika” atamasi tasodifan paydo bölmagan, jahon siyosati tarixida turli mamlakatlar taniqli rahbarlarining islohotlarini bildiruvçi şunga öxşaş ta'riflar mavjud: “Reyganomika” (AQŞ), “Abenomika” (Yaponiya), “Tetçerizm” (Buyuk Britaniya), “Rojyernomika” (Yangi Zelandiya).
“Özbekiston haqiqatni, mavjud muammolarni va mumkin bölgan yeçimlarni obektiv baholaş asosida prezident tomonidan belgilab berilgan katta islohotlar bosqiçini boşidan keçirmoqda. “Mirziyonomika”ning asosiy maqsadi – davlat, milliy biznes hamda fuqarolik jamiyatining iştiroki asosida Özbekistonda raqamli iqtisodiyot institutlarini yaratişdan maksimal samaraga erişiş uçun muhim çoralar va qadamlarni aniqlaş”, deydi Hamzayev.
Kitob Rossiya naşridan köçirilganmi?!
Bloger Umid Ğafurov “Mirziyonomika”ning 70 foiz qismi Rossiya naşrlaridan köçirilgani haqida yozdi. U Behruz Hamzayev tomonidan taqdim etilgan kitobga 2017 yilda yozilgan “Razvitiye tsifrovoĭ ekonomiki v Rossii. Programma do 2035 goda” nomli qöllanma asos qilib olinganini taxmin qilgan.
“Boşida bu kitobni plagiatga tekşirib köriş niyatim yöq edi. Biroq izohlarda internet foydalanuvçilari uning plagiat ekanini aytib, aynan qaysi kitobdan köçirilganini yozganidan keyin buni tekşirib körmoqçi böldim. Buni aniqlaş qiyin emas, çunki internetda yuzlab antiplagiat platformalari bor. Ularning içida bepullari ham bor, pullilari ham bor.
Natija işonçli bölişi uçun pulli platformadan foydalandim. 78 rubl tölab, “Mirziyonomika”ning rus tilidagi variantini Rossiya naşri bilan soliştirib kördim. Natija Behruz Hamzayev 3 yil davomida yozganini aytgan kitob “Razvitiye tsifrovoĭ ekonomiki v Rossii. Programma do 2035 goda” nomli kitobning 30 foizga özgartirilgan varianti ekanini körsatdi. Ya'ni dastur Rossiya naşrining 70 foiz qismi töliq köçirilgan deb topdi.
Oddiy köz bilan soliştirib çiqilganda ham rus naşridagi “Rossiya” sözi “Özbekiston”ga özgartirilgani, kitob özimizga moslab juz'iy tahrir qilinganini seziş qiyin emas. Facebook orqali Behruz Hamzayevga bu haqda yozib, izoh söradim. Biroq u sözlarimga heç qanday reaksiya bildirmadi”, dedi Umid Ğafurov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
Darhaqiqat, Behruz Hamzayevning Facebook’dagi sahifasida “Mirziyonomika” kitobi jamoatçilikka taqdim etilgan postda muallif dastlabki izohlarga javob berib çiqqani, kitobning plagiat ekani haqidagi taxminlar yozila boşlaganidan söng bu işni töxtatganini köriş mumkin. U internet foydalanuvçilarining keyingi barça savol va izohlarini oçiq qoldirgan.
“Bu plagiat hisoblanmaydi”
Kitob muallifi Behruz Hamzayev Kun.uz’ga bergan intervyusida “Mirziyonomika”ni yozişda Rossiya naşri va boşqa manbalardan foydalanganini tan oldi, biroq bu plagiat hisoblanmasligini ta'kidladi.
“Innovatsiya vazirligi haqidagi ğoyalarimizni ilgari surgan paytimizda keyingi poğonalarni ham öylaganmiz va aynan raqamli rivojlaniş mamlakatimiz taraqqiyotini ta'minlovçi eng muhim islohot bölişini anglab yetgandik. Neft zaxiralariga boy yoki boşqa resurslari köp davlatlarni istisno qilgan holda söz yuritsak, köplab davlatlar taraqqiyotining negizida qonun ustuvorligi, jamiyatning rivojlanişi hamda raqamlaştiriş yotadi. Şu sababli 2016 yili Innovatsiya vazirligi strategiyalarini yozganimizda şu vazirlik paytida raqamli iqtisodiyot bilan qiziqa boşlaganman.
Turizmni rivojlantiriş qömitasida işlagan paytimda ham raqamli rivojlantirişning qançalik muhimligini boşimdan ötkazdim. Yuqoridagi ikki idorada işlagan paytlarim davlat apparatining iş tarzi bilan töğridan töğri töqnaşdim va u yerda juda köplab qiyinçiliklar mavjudligini kördim. Xususiy sektorda işlagan paytim nimanidir özgartiriş kerak bölsa, bozor yoki iste'molçilar şuni istayotgan bölsa, bu özgarişlarni yaşin tezligida amalga oşirganimiz uçun davlat organlari faoliyatidagi byurokratiya, rahbarning imzosisiz heç bir hujjat idoradan çiqmasligi, biror idoradan özingizga kerakli ma'lumotlarni oliş uçun haftalab va oylab kutilişi meni hayron qoldirgan. Agar uşbu jarayonlar raqamlaştirilganda edi boşliq qayerda bölişidan qat'i nazar istalgan hujjatini imzolaşi, vazirliklar bir-birining bazasida mavjud ma'lumotlardan heç qanday xat va yozişmalarsiz foydalaniş imkoniga ega bölardi.
“Mirziyonomika” strategiyasi ana şu körgan-keçirganlarim ta'sirida tuğilgan va uni uç yil davomida tayyorladim. Jarayon çözilib ketgani loyiha ustida asosan bir özim işlaganim tufaylidir. Kitobni yozişdan oldin dunyoning turli mamlakatlarida e'lon qilingan öttizdan ziyod ana şunday strategiyalar bilan tanişib çiqdim. Jumladan, “Rossiya raqamli iqtisodiyot taraqqiyoti: 2035 yilgaça möljallangan dastur” deb nomlangan strategiyadan ham foydalanganman. Agar boşqa manbalardan foydalanganimni jamoatçilikdan yaşirmoqçi bölganimda buni qoyilmaqom qilib bajarardim. Şunçaki kitobning özbekça matnini qöyganimda ham uni plagiatga tekşirişning iloji bölmasdi. Rus tilidagi variantini ham qörqmay joyladimki, demak, buning sababi bor.
Rossiya naşri bilan men yozgan kitobning öxşaşligi men uçun unçalik muhim emas. Avvalo, u kitobda muallif yöq. Qolaversa, uning özi ham dunyodagi boşqa strategiyalarni örganib, ulardagi muhim ma'lumotlar jamlanib tayyorlangan. Agar men Şekspirning “Romeo va Julettasi” qahramonlari ismini özgartirib, ammo syujyetlarini aynan qoldirib kitob yozganimda bu plagiat bölardi. Lekin raqamli iqtisodiyotda plagiatning bölişi mumkin emas. Hamma bir-biridan köçiradi va bu töğri amaliyot deb hisoblayman. Nimaga bir-biridan köçirişadi? Misol uçun, velosiped allaqaçon kaşf etilgan bölsa-yu nima keragi bor uni qaytadan kaşf etişning?! Facebook’ni öylab topgan Tsukerbergni ham boşida plagiatda ayblaşgan. Şunaqa narsalar borki, ularni boşqalardan aynan olmaslikning iloji yöq.
Qolaversa, “Mirziyonomika” kitobi umumiy strategiyaning atigi 20 foizini taşkil etadi. Maxsus yaratilgan saytdagi ma'lumotlarni ham 20 foiz deb olsak, strategiyaning qolgan 60 foiz qismi hali e'lon qilinmagan. Ayrim internet foydalanuvçilari buning oxiriga yetmasdan notöğri xulosalarga borişmoqda”, deydi Behruz Hamzayev.
World Influencers Network (Xalqaro inflyuyenserlar tarmoği) hamda Uzbek Apparel milliy brendi asosçisi sifatida jamoatçilikka tanilgan, ma'lum muddat Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisining maslahatçisi bölib işlagan Behruz Hamzayev nomi bungaça ham mojarolar markazida tilga olingandi.
2020 yilda u «Alter Ego» loyihasiga bergan intervyusida 2017 yil 27 noyabrda oçilgan Innovatsiya vazirligi konsepsiyasining ğoyaviy ilhomlantiruvçisi, muallifi özi ekanini ta'kidlagan va özi işlab çiqqan Özbekiston Respublikasi Kelajak, innovatorlik va hamkorlik vazirligi loyihasini körsatib, mazkur loyiha ustida 8 oy işlaganini aytgandi.
Innovatsiya vazirligi Hamzayevning bu sözlarini rad etib çiqqandi. Vazirlik bayonotida Behruz Hamzayevning Innovatsiya vazirligini taşkil etilişi böyiça hujjatlarni tayyorlaş uçun 50 ming AQŞ dollari sarflagani haqidagi gapi Özbekiston Respublikasi davlat organlari faoliyati bilan ozroq bölsa-da taniş bölgan har qanday kişi uçun ham kulgili, ham mantiqsiz iddao ekanini ta'kidlagandi.
Behruz Hamzayev vazirlikning bayonotiga munosabat bildirarkan, videoning tavsifida “U Innovatsion rivojlaniş vazirligi tuzilişining taşabbuskori” ekani körsatilgan qismi Kirill Altmanning xatosi bölgani va bu xato bartaraf etilganini aytgan.
U Kun.uz muxbiriga bergan izohida Innovatsion rivojlaniş vazirligi asosçiligiga da'vo qilmasligi, şuningdek, uning ğoyasi vazirlik faoliyati uçun asos bölganidan xursand ekanini ma'lum qilgan, şu bilan birga, uning loyihasi 2017 yil boşida tayyor bölgani, u vazirlik «broşyura» deb atagan loyiha ustida 8 oy işlaganini yana bir bor takrorlagandi.