Konferensiyada pandemiyadan eng köp zarar körgan sohalar, jumladan, iqtisodiyot, turizm, aviatsiya, biznes va boşqa 25ta sohalarda qanday vaziyat kuzatilişi, muammo yeçimlari böyiça spikerlar öz fikrlari bilan örtoqlaşadi.

– Xalqaro konferensiya maqsadi nimalardan iborat?

– Butun dunyoda pandemiyaga qarşi qattiq kuraş ketmoqda. Barça tarmoqlar juda katta inqirozga yuz tutmoqda. Har bir mamlakat, jumladan, Özbekiston iqtisodiyoti ham oğir davrni boşdan keçiryapti. Hukumat vaziyatdan iloji boriça kamroq talafot bilan çiqib olişga harakat qilyapti. Körilayotgan oqilona çora-tadbirlarni qöllab-quvvatlayman.

Mana şunday vaziyatda biz fuqarolar nima qilişimiz mumkin, deb öyladim. Xalqaro tajribani bitta platformaga yiğib, har bir tarmoqqa foydasi tegadigan yöl xaritalarini tuziş ğoyasi keldi.

Şunga asosan ilk marotaba World Coronavirus Virtual Conference nomi ostida butun dunyodan siyosatçi, şifokor, yirik farmatsevtik kompaniyalar egalari, biznes sohasi vakillarini virtual konferensiya atrofiga yiğmoqçimiz. Har bir mutaxassis öz sohasidan kelib çiqib, koronavirus ta'sirini yumşatiş böyiça qimmatli tavsiyalar beradi.

Konferensiya mavzusi – koronavirus pandemiyasining kelib çiqişi, buguni va ertasi

Maqsadlarimiz aniq. Birinçidan, epidemiya oldini olişga qaratilgan eng samarali tajribalarni örganiş. Ikkinçidan, COVID-19ning iqtisodiyotga ta'sirini yumşatiş böyiça tavsiyalar işlab çiqiş. Uçinçidan, inqirozdan çiqib ketişda yöl xaritasi işlab çiqiş. Törtinçidan, koronavirus ta'siri böyiça qisqa, örta va uzoq muddatli prognozlar qiliş.

– Konferensiyada qatnaşuvçi ekspertlar bilan qanday boğlandingiz?

– Kasbim taqozosi bilan köplab xalqaro biznes forumlarda qatnaşganman. U yerda taniqli siyosatçi, biznes vakillari va boşqa mutaxassislar bilan tanişib, mustahkam aloqa örnatiş imkoniyati bölgan. Ayni vaqtda dunyo böylab 500 nafarga yaqin turli soha vakillari bilan aloqa örnatganman. Onlayn konferensiya ötkaziş taklifi bilan çiqqanimda köpçiligi rozi bölişdi.

Ularning köpçiligi bilan LinkedIn biznes tarmoği orqali boğlandim. Microsoft kompaniyasi asosçisi, milliarder Bill Geyts, rafiqasi Melinda Geyts bilan boğlaniş uçun esa ularning işçi elektron poçtasini qidirib topdik va öz maqsadimizni tuşuntirdik. Tez kunlarda ijobiy xulosa oliş niyatidamiz.