Keyingi uç yil içida Özbekistonda uçta yoki undan köp mahalliy loukoster paydo böladi. 2020 yili mamlakatda bölib ötadigan yirik aviakonferensiyalar natijasida esa sohadagi deyarli 90 foiz muammolar hal böladi.

Bu haqda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi maslahatçisi Behruz Hamzayev «Ular» loyihasiga bergan intervyusida ma'lum qildi. Suhbat davomida Hamzayev loukosterlar oçilişi masalasiga atrofliça töxtalib ötdi.

«Yevropadan Avstraliyaga bir haftalik«all inclusive» sayohat, ya'ni aviaçiptadan tortib, mehmonxona va ovqatlanişgaça bölgan hamma xarajatlar miqdori – Yevropadan Özbekistonga xuddi şunday sayohatdan yuz dollarga arzonroq.

Aslida bir neça barobar arzonroq bölişi kerak, çunki masofa uç barobar qisqa; Avstraliya – dunyoning butunlay boşqa burçagida.

Xuddi şu kabi Rossiyani ham misol keltiriş mumkin. Rossiyadan Turkiyaga bir haftalik «all inclusive» tur Özbekistonga kelib ketişdan 4-5 arzonroq. Vaholanki, Turkiyada yaxşiroq mehmonxonalar, yaxşiroq oziq-ovqat va bizda yöq bölgan dengiz ham bor.

Buning eng asosiy sababi – aviaqatnovning arzonligi. Arzonligining boisi esa raqobat. Özbekistonda neçta aviakompaniya bor? Rossiyada 19dan ortiq.

Qolaversa, narx belgilaş strategiyasi. Men uçun samolyotda uçiş – haşamat emas, iş – maşina yoki metroda ketgandek, 5-6 soat çidab ketaveraman; har doim iqtisod klassda uçaman. Parvoz – işlarimni bitirib keliş uçun vosita xolos. Köpçilikda ham şunaqa. Lekin qimmat tölaşga majbursiz, çunki boşqa imkoniyatingiz yöq.

Loukoster sizga şu imkoniyatni beradi: ovqati yöq, 30 daqiqada tez samolyotga çiqib olişingiz kerak, noqulayroq boşqa aeroportga qönadi... Avtobusdek gap. Özi aslida loukosterda bir marta uçsangiz, ikkinçi marta uçgingiz kelmaydi.

Loukost deganda aviataşuvçining strategiyasi tuşuniladi. Ya'ni ular imkon qadar barça narsalarda pul tejaydi. Bir xil rusumdagi samolyotlardan foydalanişadi, çunki bir xil mexanik yollaş kifoya – Boeing va Airbus mexaniklari har xil mutaxassislar.

Loukosterlar samolyoti salonida ekrani ham yöq, ovqat ham bermaydi, çetroq aeroportga qönadi... Har bir davlatda bir neçta aeroportlar böladi, katta aeroportlarga qöniş va ulardan uçib ketiş qimmat turadi. «Ground handling operation» (aeroport terminalidagi samolyotga xizmat körsatiş) degan tuşunça bor, bu ham pul turadi. Kiçikroq aeroportlarda esa bu arzonroqqa tuşadi. Loukosterlar hamma joydan iqtisod qilib, oxiri sizga çiptani arzonroq qilib beradi.