Norma’ning yozişiça, prezidentning 6.03.2020 yildagi «Ğalla yetiştiriş, xarid qiliş va sotişga bozor tamoyillarini keng joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-4634-son qaroriga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:
 
1. Ğalla yetiştiruvçi xöjaliklar va korxonalardan sotib olinadigan donni saqlaş tartibi töğrisidagi nizom. Hujjatda boşoqli donni qabul qiliş va saqlaş maydonlari, omborlari hamda boşqa siğimlarga bölgan talablarni, boşoqli don partiyasini qabul qiliş, şakllantiriş va joylaştiriş, narxlar barqarorligini ta'minlaşda don sifatini nazorat qiliş tartibi hamda donni saqlaş jarayonida texnika va sanoat xavfsizligi, sanitariya talablari nazarda tutilgan.
 
2. Don saqlaş siğimlariga xulosa beriş tartibi töğrisidagi nizom. Hujjatda boşoqli donni qabul qiliş va saqlaş maydonlari, omborlari va boşqa siğimlariga umumiy talablar belgilangan.
 
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari har yili 1 aprelga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasining hududiy boşqarmalarining xulosasiga ega bölgan boşoqli don saqlanadigan korxonalar röyxatini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib boradi.
 
Har yili 1 mayga qadar tumanlar kesimida qabul qilinadigan ğallaning hajmlari va ularni saqlaydigan korxonalar röyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
 
Hujjat 23.05.2020 yildan kuçga kirdi.