Prezident Şavkat Mirziyoyev 29 may kuni Sergeli tumanidagi bunyodkorlik işlari bilan tanişgaç, faollar bilan muloqot qildi.
Muloqot çoğida davlat rahbari tumandagi Çoştepa va Qipçoq mavzelari negizida Toşkent şahar hokimligiga töğridan-töğri böysunadigan alohida Yangihayot kiçik tumanini taşkil etiş taklifini bildirdi.
«Özbekiston 24» telekanali reportajidan ma'lum bölişiça, Şavkat Mirziyoyev yangi tumanning hokimi lavozimiga Toşkent şahar hokimi örinbosari lavozimida işlab kelayotgan Hayot Ilyosoviç Inoğomov nomzodini taklif qilgan.

34 yoşli Inoğomov 2018 yildan oktyabridan buyon Toşkent şahar hokimi örinbosari – Toşkent şahar kanallardan foydalaniş va ularga tutaş hududlarni obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelmoqda.
Bunga qadar u Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Tashkent City» xalqaro işbilarmonlik markazi Direksiyasi DUK direktorining birinçi örinbosari bölib işlagan.
Bölğusi hokim 1986 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, 2008 yilda Toşkent avtomobil va yöllar institutini tamomlagan.
Inoğomovning tarjimayi holiga köra, u 2007-2009 yillarda Işlab çiqariş boşqarmasi «Maxsustrans» boş muhandisi, 2010-2011 yillarda «Technologi De Lavenir» MÇJ asosiy işlab çiqariş bölim boşliği, 2011-2012 yillarda «Atlant Metal» MÇJ direktori, 2012-2017 yillarda «Technologi De Lavenir» MÇJ direktori, 2017-2018 yillarda «Pallada Investment» qöşma korxonasi direktori sifatida faoliyat yuritgan.
Yangihayot – poytaxtning 12-tumani böladi

Şavkat Mirziyoyevning 2016 yil sentyabrdagi topşiriği bilan, Sergelida 5 yil içida 500ta köp qavatli uy qurilişi loyihasi boşlangan edi. Hozirga kelib, bu yerda katta, zamonaviy mavze paydo böldi.
Oxirgi 3 yilda tumanda 19 522 xonadonli 460ta köp qavatli uy foydalanişga topşirildi, 26ta namunaviy tipdagi mahalla guzarlari barpo etildi.












