Futbol böyiça Özbekiston çempionati 5 iyundan davom ettiriladi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi qarorida ma'lum qilingan.
«Futbol böyiça xalqaro va içki musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik köriş hamda ularda qatnaşiş maqsadida professional futbol klublariga öz öquv maşğulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda boşlaşga hamda 2020 yil 5 iyundan boşlab Özbekiston professional futbol ligasi çempionatlarini tomoşabinlar iştirokisiz davom ettirişga ruxsat berildi», deyilgan komissiya qarorida.
Eslatib ötamiz, 15 mart kuni Özbekistonda koronavirusdan zararlanişning ilk holati tasdiqlangaç, sport musobaqalari ham töxtatilgandi. Superliga bahslari endi 4-turdan davom etadi.













