Poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida bir yöla 37 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida esa 7 nafar, jami 44 nafar bemor soğaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.
Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida tuzalganlarning 11 nafari erkak, 26 nafari ayol bölib, yoşi kattasi 78 yoşli onaxon bölsa, yoşi kiçigi esa 2019 yil tuğilgan çaqaloq. Hududlar kesimida olinadigan bölsa, Xorazm viloyatidan 9 nafar, Samarqand viloyatidan 7 nafar, Toşkent va Andijon viloyatlaridan 4 nafardan, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridan 3 nafardan, Toşkent şahridan 2 nafar, Buxoro, Farğona, Navoiy, Qaşqadaryo viloyatlari hamda Qozoğiston Respublikasidan 1 nafardan.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida tuzalganlarning barçasi erkak bölib, yoşi kattasi 58 yoşda, yoşi kiçigi 29 yoşda. Hududlar kesimida oladigan bölsak, Toşkent viloyatidan 2 nafar, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Namangan viloyatlari, Toşkent şahri hamda Qirğiziston Respublikasidan 1 nafardan.
Toşkent şahrida şu paytga qadar 1019 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ular 1063 nafarga yetdi.
Ayni paytda mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan butkul soğayganlar 2772 nafarga yetdi.












