Koronavirus sababli qoldirilgan "Formula-1" sinfidagi jahon çempionati Avstriyadagi ikkita Gran-pri bilan boşlanişi mumkin. Xabar qilinişiça, Şpilbergdagi Red Bull Ring trassasida 5 va 12 iyul kunlari ötkaziladigan avtopoygalar tomoşabinlarsiz bölib ötadi.

"Formula-1" poygaçilari va  jamoalar a'zolari Avstriyaga kirişdan oldin koronavirusga test topşiradi. Taşkilotçilarning sözlariga köra, poyga kunlari jamoalar alohida mehmonxonalarga joylaştiriladi.

22ta Gran-pridan taşkil topgan mavsum 15 mart kuni Melburnda boşlanişi kerak edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sababli Avstraliya, Niderlandiya, Monako va Fransiyadagi bosqiçlar hamda Bahrayn, Xitoy, Vetnam, Ispaniya, Ozarboyjon va Kanadadagi poygalar bekor qilindi. 

Avvalroq Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) “Formula-1” avtopoygasining yangi mavsumini 5 iyulda Avstriyada boşlanişi variantini ma'qullagandi.