Floydning ölimiga aloqador bölgan 4 nafar politsiyaçi işdan böşatildi, ulardan biri, qölga oliş vaqtida tizza bilan böğiş usulini qöllagan Derek Şovin qölga olingan. Ammo jamoatçilik va marhumning qarindoşlari uşbu politsiyaçilarning barçasiga qotillik böyiça jinoiy iş oçilişini talab qilib köçalarga çiqqan.

Minneapolisda minglab namoyişçilar köçaga çiqdi: binolarga öt qöyildi, jumladan politsiya mahkamasiga ham. Politsiya bilan töqnaşuvlar davom etmoqda.

Namoyişlar internetda 46 yoşli Jorj Floyd politsiya ofitseri tomonidan qiynoqqa solingani tasvirlangan video tarqalgaç boşlandi.

Adolat talab qilib politsiya mahkamasiga kelganlar hujumga ötib tartibsizliklarni boşlab berişdi.

Sent-Pol tumanida miting iştirokçilari talonçilik va vandalizmga ötib ketişdi. Ayrimlar magistral yölda avtomobil harakatini töxtatib qöyişdi.

Gubernator Tim Uolz mahalliy amaldorlarga şaharda nazoratni ta'minlaşda yordam beriş uçun Milliy gvardiyani jalb qildi.

Namoyişçilar bu tartibsizliklar Floydning ölimiga munosib javob ekaniga işonişmoqda.























