Kitob tumanida karantin ehtiyot çoralari vaqtinça kuçaytirildi. Bu bilan tuman aholisining kasallikka çaliniş xavfidan köproq himoya qiliş nazarga tutilgan.

Ayni paytda tuman markaziga kiriş-çiqiş yöllari hamda umumiy vaziyat rahbariyat tomonidan töliq nazoratga olingan. 

«Kitob tumanida koronavirus bilan kasallanganlik  böyiça  gumonlaniş holati qayd etilgani, gumonlanuvçi köplab fuqarolar bilan muloqotda bölganligi munosabati bilan ehtiyot çorasi sifatida tuman hududi töliq karantinga yopildi. Gumonlaniş öz tasdiğini topgunga qadar karantin talablari keskin kuçaytirilib, kiriş-çiqiş yöllari tösildi. Avtotransport va piyoda  harakatlaniş qat'iy nazoratga olindi.

Barça fuqarolardan karantin va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya etiş hamda uyda qoliş talab etiladi», deyiladi tuman hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Qaşqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning ogohlantirişlariga qaramasdan maqsadsiz köçada yuriş holatlar köp kuzatilayotganini qayd etgan.

Ma'lumot uçun, Qaşqadaryo viloyati 1 may kuni koronavirusdan xoli hududga aylangandi.

Canitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi 30 may kuni e'lon qilgan ma'lumotda Kitob tumani ham viloyatdagi boşqa barça tumanlar kabi «yaşil» hudud sifatida körsatilgan.