Oq uy oldida AQŞ maxfiy xizmati xodimlari va norozilik namoyişçilari örtasida töqnaşuvlar sodir böldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Qayd etilişiça, AQŞ prezidenti qarorgohi oldidagi töqnaşuvlar beş soatdan ortiq davom etgan. Namoyişçilar prezident qöriqlaş xizmati xodimlariga turli buyumlar uloqtirgan va metall tösiqlardan oşib ötişga uringan.  

Foto: EPA/UPG

Ular Minneapolisda politsiyaçilar tomonidan qölga oliş çoğida halok bölgan qora tanli Jorj Floydni qöllab-quvvatlab turli şiorlarni aytgan va prezident Donald Trampni haqoratlagan.

Telekanalning ma'lumot berişiça, Floydning ölimidan söng AQŞning 30dan ortiq yirik şaharlarida tartibsizliklarga aylanib ketgan norozilik namoyişlari bölib ötgan. Ayrim şaharlarda favqulodda holat joriy etilgan. 

Foto: AP Images

Oxirgi ma'lumotlarga köra, Xyustonda (Texas ştati) 200 kişi hibsga olingan, tört politsiyaçi yengil jarohat olgan. Minneapolisda noma'lum şaxs politsiyaçilarga qarata öq uzgan.

Foto: EPA/UPG

Şuningdek, Oklendda AQŞ içki xavfsizlik vazirligi bölinmasi xodimi otişma çoğida halok bölgani xabar qilindi.