Hayot insonni turli sinovlarga taşlaydi. Kimgadir gözal baxt, yana kimgadir faqat azobli kunlarni ravo köradi. Ba'zilar duç kelgan taşvişlar qarşisida dovdirab qoladi. Irodasi bukilmaganlar esa yoruğ kunlarni sabr bilan kutadi. Oramizda taqdir sinovlaridan qaddini bukmay ötgan, ertangi kunidan umid qilib yaşayotganlar borligi qançalik yaxşi...

Samarqandning Qöşrabotida Jöş degan qişloq bor. Katta, xuştabiat qişloq. Bugun ana şu qişloqda yaşovçi Gulmira Qöşoqovaning hayot hikoyasini siz bilan bölişmoqçimiz. Uning taqdiri namuna bölmasligi mumkin, ammo heç bölmasa öz hayotimizga qarab şukur qilişga undaydi. Hayratga sabab bölgani şuki, suhbatdoşimiz ayançli taqdiri haqida gapirgan bölsa-da, köziga yoş olmadi. Ha, uning ezilgan yuragi yiğlardi, ammo buni taşqariga çiqarmasdi.

«Erim «Menga xotin kerak emas», deb aytgan»

2010 yil... Endi 19ga tölgandim. Oilada kenja farzandman. Erka, aytganini qildiradigan qiz edim. Böyim yetgaç, sovçilar kela boşladi. Har xil bahona topib kuyov bölmişlarni rad etaverdim. Bir kuni bozorga tuşib edim, qarindoşimni körib qolim. U menga kuyov topganini aytib qoldi. Uçraşib, gaplaşib köringlar, dedi. Uçraşuvga çiqdim. Töğrisi, yigit körimsizgina edi. U özini ğalati tutgani uçun uydagilarga «yoqmadi» dedim.

Oradan 3 oy ötdi. Öşa yigitdan sovçilar keldi. Dadam «Ikki qizimni xohlaganimga berdim, bunisining ixtiyori ham özimda», dedi. Keyin yigit bilan yana uçraşuvga çiqdim. U oçiqçasiga «Menga xotin emas, işçi kerak. Yerimiz köp, onam esa işga yaramay qolgan», dedi. Uyga kelib onamga rozi emasligimni aytdim, ammo bu endi heç kimni qiziqtirmasdi. Ota-onam ra'yiga qarşi borolmay, men ham rozi böldim. 10 kuni içida avval unaştiruv, keyin katta töy böldi...

«Töy keçasi kuyov ğoyib böldi. Keyin bilsam...»

Töy ham ötdi. Kuyov ikkimiz yolğiz qoldik. U suv olib kelişimni söradi. Bir kosa suv olib uyga qaytsam, heç kim yöq. «Hoy, qayerdasiz?», deb bir neça marta çaqirdim. Jimjitlik. Biror joyga çiqib ketganmikin deb öyladim. Keyin qarasam, parda ortiga bekinib turgan ekan. Birdan baqirib, çiqib keldi. Nima qilişni bilmay qotib qoldim.

Bölgan voqeani qaynonamga aytib berganimda, hazillaşgandir-da, dedi. Oradan 3-4 kun ötib qiziq iş böldi. Xonamizdagi közgu (ya'ni tryumo) kun sayin özidan-özi siljib borayotganidan hayron qolardim. Balki erim uni surib qöygandir, deb öyladim. Bir kuni xonaga kirsam, heç kim yöq, tiqqillagan ovoz eşitilyapti. «Qayerdasiz, bu yoqqa qarang», dedim. Kulgu ovozi eşitildi. Erim közguning orqa tarafiga ötib olib, qiqirlab kulardi. Nima qilişimni bilmasdim. Erimdan nega bunday qilayotganini sörasam, menga xotin kerakmas, ketişingni xohlayman, dedi. Qaynonamdan öğli nega bunday qilayotganini söraganimda, bu bir erkalik ekanini, e'tibor bermasligimni aytdi.

«Kelinlik uyimdagi şaroitni qabul qilolmasdim»

 

Qaynotam ança yil oldin vafot etgandi. Uyda qaynonam, erim, qaynukam va ikki qaynopam bilan yaşardik. Oilada faqat qaynukam soğlom edi. U menga yangasi sifatida qaramas, xizmatkor deb bilib faqat iş buyurardi. Qaynonamning esa oilaboşi sifatida örni yöq edi. Heç kim bilan işi bölmay, indamasdan yurardi. Ikki qaynopalarimdan biri turmuşga çiqib, eridan ajraşib kelgandi. Ikkalasiyam ruhiy kasal edi. Vaqti-vaqti bilan ruhiy kasalliklar şifoxonasida davolanib kelişardi.

Uyda kasali qözigan vaqtda ikkalasini alohida xonaga qamab qöyardik. Butun rözğor işlari mening zimmamda edi. Har kuni uylarni yiğiştirib, molxonani tozalardim, yana daladagi işlar ham bor edi. Hammasidan töyib ketgandim. Oxiri opamga qönğiroq qilib, dardimni tökib soldim. Uydan boş olib ketmoqçiligimni aytganimda, şoşilmasligimni, vaziyatni biliş uçun akamni jönatişini aytib, meni tinçlantirdi. Akam uyga kelgaç, katta janjal böldi. Lekin şundayam vaziyat özgarmadi. Şu tariqa bir yilni ham ötkazdim. 2011 yil 25 noyabrda juda yomon iş böldi – xomilam nobud böldi... Sababi esa aniq edi – oğir mehnat.

«Uxlayotganimda erim oyoğimni lezviya bilan kesayotgan ekan»

2012 yil. Qişning izğirinli tunida oğriqdan uyğonib ketdim. Tursam, erim oyoğim ostida ötiribdi, qölida piska (lezviya). Oyoğim qip-qizil qonga böyalgan, erim esa kulardi. Ertasi kuni qaynonamga bölgan voqeani aytib bersam, odatdagidek, e'tibor bermasligimni, öz işlarim bilan band bölişimni aytib tinçlantirdi.

«Bir yilda 2-3 marotaba uydagilar erimni uzoqroqqa jönatişardi»

Bir kuni qaynonam uzoqroq qarindoşimizning töyiga Fazliddinni (erim) jönataman, heç kim bormaydi, deb qoldi. Men qarşilik bildirdim, çunki öşa yerdayam bizni şarmanda qilişidan qörqdim. Şunga qaramasdan, uni 15 kunga jönatişdi. Keyin bilsam, erimni vaqti-vaqti bilan davolatişga olib borişarkan. Qarindoşlarnikiga borib, havo almaştirib keladi, degan bahonalar ham bölardi. Ketgan vaqtlarida menga tez-tez qönğiroq qilib, axvolimni sörardi. Ba'zida undan mehribon inson yöq edi dunyoda men uçun, ba'zida esa menga nafrat közi bilan qarardi. Davolanib qaytganidan keyin menga yaxşi munosabatda bölardi. Şu tariqa kunlarni ötkaza boşladik. Azoblardan çarçab ketgaç, bu yerdan ketaman, deb qaynonamga aytdim. Qaynonam bizni alohida uyga çiqarmoqçiligini aytdi. Uy töliq qurib bölindi, faqat içki ta'miri qolgandi.

Bu orada erim yana ğalati qiliqlar qila boşlardi. Töyib ketganimdan hammasini taşlab uydan çiqib ketdim. Qizlik uyimga bordim. Ortimdan qaynonam, qaynukam kelaverganidan keyin uyga yana qaytib bordim. Akam şaharda taniş şifokorlar borligini, erimni ularga körsatişini aytdi. Erimni şifokor körigidan ötkazişdi. Miyasida ozgina nuqsoni borligini hisobga olmaganda, soğlom ekanini aytişdi.

«Ikkinçi marta xomilador bölganimda, undan voz keçişni maslahat berişdi, lekin men...»

Şifokorning gapidan keyin ham ruhiy xasta er bilan yaşab ketişimga közim yetmasdi. Dadamga qönğiroq qilib, uyga olib ketişini söradim. U kelib olib ketdi. Kun sayin holsizlanaverdim. Butun tanam zirqirab oğrirdi. Ayollar şifokoriga uçraşdim. Xomilador ekanman. Qarindoşlarim farzandimdan voz keçişimni maslahat berişdi. Farzandli bölişni judayam xohlardim. Voz keçişga közim qiymasdi.

Bir kuni bozorda qaynukamni körib qoldim. Farzand kutayotganimni, ammo qarindoşlar qarşi çiqişayotganini aytib berdim. Qaynukam uyga olib borişini aytdi. Borsam, öşa-öşa ahvol... Erim kelganimgayam, ketganimgayam parvo qilmasdi. Vujudimda 8 oylik homilam bor edi. Bir kuni dalada buğdoy örib, nöxat terib, keç bölganda uyga qaytdim. Judayam holdan toygandim. Uyda qaynonam yöq, u onasining janozasiga ketgandi. Uy işlarini qildim-da, xonaga kirib yotdim.

«Tuğruqxonada mendan heç kim xabar olmadi»

Mazam bölavermagaç, qöşni ayoldan söradim: «Yanga, meni dard tutyaptimi? Siz farzandli bölgansiz. Buni mendan yaxşiroq bilasiz». Qöşnimiz tuğruqxonaga yotişim kerakligini aytdi. Erimga dard tutayotganligini aytsam, menga farqi yöq, bolangni tuğasanmi, yöqmi bu sening işing, dedi. Uyda heç kim ahvolim bilan qiziqmasdi. Qöşnimiz çidolmay, oxiri qaynonamga qönğiroq qilib, dardim tutayotganligini, meni tezda tuğruqxonaga olib boriş kerakligini aytdi. Şundan keyingina qaynukam meni tuman tibbiyot birlaşmasi tuğruq bölimiga joylaştirdi. Qölimga 40 ming söm pul berdi-da, özi ketdi. Yonimda heç kim yöq edi. Oxiri dadamga qönğiroq qildim. Dadam darrov kelib holimdan xabar oldi.

2 kundan keyin öğil farzandli böldim. Erim bilan qonuniy nikohdan ötmagandik. Şu uçun tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma rasmiylaştiriş muammo böldi. Tuğruqxonadan çiqiş vaqti kelganda, heç kim olib ketay demasdi. Dadamga yana qönğiroq qildim. Dadam erimni oldiga borib, unga tanbeh berdi. Keyin ikkalasi kelib, meni tuğruqxonadan olib çiqişdi.

«Öğlingni tan olmayman, u meniki emas»

Çaqaloğim bilan erimning uyiga qaytdim. Yaşaş joyimdagi hududiy hamşiralar kelib, bolaga zarur tibbiy muolajalar qiliş uçun guvohnoma rasmiylaştirişimni aytişdi. Buni erimga aytsam, bu bola meniki emas. Tez orada ikkalang ham bu uydan ketasan, deb meni qörqitdi. Bunga çidolmay uydagi pul turadigan javondan 100 ming söm pulni oldim-da, öğlimni kiyintirib, çiqib ketdim. Keçki payt edi, yomğir yoğayotgandi. Qanday qilib bölmasin, bolamga guvohnoma rasmiylaştirişim kerak, degan öy bilan qizlik uyimga bordim. Dadamga bor gapni aytib berdim. Keyin öğlimga guvohnoma rasmiylaştirişga yordam berdi. Meni yolğiz ona, deb röyxatdan ötkazişdi. Tirik otasi böla turib, guvohnomada «otasi» degan joyi böş turardi...

«Erim beşikdagi bolamni böğmoqçi böldi»

Bolamga guvohnoma rasmiylaştirib söng uyga qaytdim. Bir kuni uyimiz judayam sovib ketgandi. Erimga beşikdagi bolaga qarab turişini, peçkani yoqiş uçun borib taşqaridan ötin olib kelişimni aytdim. Oradan 5 daqiqa ötar-ötmas qaytib kelsam, ne köz bilan körayki, erim beşikdagi bolamga «Senday bola menga kerakmas», deb gödakni böğmoqçi bölayotgandi. Uy sovuqligi ham esimdan çiqib ketdi. Darrov bolamni beşikdan yeçib olib, uni qölimda uşlab tong ottirdim.

Keyin qaynonam bilan rosa janjal qildim. Bunday xasta er bilan yaşolmasligimni aytib, ökirib-ökirib yiğladim. Dadamga qönğiroq qildim. Kelib uydagilarga heç nima demasdan bolam va meni olib ketdi. Qizlik uyimga borgaç, otam sudga ariza berişini, şa'riy nikohdan ötilgan deb ikkalamizni ajraştirişini aytdi. Salkam 4 yillik turmuşimdan ajraşib ota uyimda yaşay boşladim. Şundan keyin na erim, na qarindoşlarim meni sörab kelişmadi. Endi fikr-u xayolim bolamni qanday qilib katta qilib oliş bölib qoldi, çunki u juda nimjon tuğilgandi.

«Bolang – kuçuk yaloği. Uni olib çiqib taşla»

Bir kuni tönğiç akam mast holda uyga kelib, bolamni nazarda tutib, «Bu kuçukning yaloğini nima qilasan? Uni çiqarib taşla, senga nimaga kerak?» dedi. Tong otdi. Ikkinçi akamga bölgan voqeani aytib berdim. Akam oilasi bilan alohida turardi. Uyida yaşab turişimni taklif qildi. Bolamni olib, qizlik uyimdan çiqib ketdim. Akamnikida 5 kun yaşadim.

Odamlardan sörab-suriştirib, Nurota tumanida bir boy xonadonda iş borligini eşitdim. Xonadon egasi farzandim yoş ekanligini, işlarni eplolmasligimni aytdi. Yoş bola bilan bölsayam, işlayverişimni aytdim. Söng 10 kun sinov muddati bilan rozi böldi. 2 qavatli uydagi hamma yumuşlarni qilardim. 7ta sigirni soğardim. Orada bolamgayam qarardim. Bu vaqtda soğliğim pand bera boşladi. Uy egasi tez-tez kasal bölayotganim uçun mendan norozi bölardi. Qizlik uyimga qaytib bordim va şaharga borib, ayollar şifokoriga uçraşdim. Kökragimda oğriq bor edi. Şifokor yana farzandli bölsam, kasalligim ortda qolib ketişini aytdi. Kasallik jiddiymas ekan, deya işimga qaytib bordim.

«Ikkinçi turmuşim nisbatan yaxşi, lekin...»

Oradan 3 yil ötdi. Kökragimdan qon aralaş yiring kela boşladi. Şifokorga uçrasam, kökrak saratoniga olib kelişi mumkinligin aytdi. Özim işlayotgan xonadon egasiga dardimni tökib soçdim. Şunda u qarindoşining uyida oilasidan ajraşgan bir erkak işlaşini aytib, unga erga tegasanmi, deb söradi. Rad javobini bersam ham öşa erkakni uyimizga keltirib, ikkalamizni uçraştirdi. Bolam tabiatan odamovi edi, begonalardan özini olib qoçardi. Öşa erkak öğlimga «Dilşod, kel, bolam», deganida öğlim uning quçoğiga otildi. Bunaqasi oldin bölmagandi. U öğlim ikkimizga juda mehribon edi. Qanaqa vaziyat bölsa ham yordam berişga harakat qilardi. Şundan keyin unga nisbatan mehrim orta boşladi. Nikohdan ötib, öşa uyda yaşay boşladik. 5 oydan keyin erim içib keladigan böldi. Bu orada homilador böldim va u nobud böldi. Erim ba'zan içkilik ortidan 3-4 oylab dom-daraksiz yöqolib ketadi.

«Öndan ortiq xonadonlarda işlab, yaşadim»

Hozir hisoblab körsam, 10dan ortiq xonadonlarda işlagan ekanman. Navoiyda, Jizzaxda va şu yerda (Qöşrabot tumani) xonadonlarda işladim. Mening muqim yaşaş joyim yöq. Bevatanman. Kunlar ötaverdi. Bir kuni könglim behuzur böla boşladi. Homilador ekanman, oldirmoqçi bölib, bir neçta şifokorga bordim, ammo abort qildirolmadim. Farzandimni tuğdim, qiz ekan. Hozir 2 yoşga yaqinlaşyapti.

«Uy egasi oş-ovqat, undan taşqari 500 ming söm oylik beradi»

Hozir bir böş hovli uyda yaşaymiz. Uy egasining yerida dehqonçilik qilamiz. Evaziga bizga oziq-ovqat mahsulotlari olib kelib beradi. Undan taşqari, oyiga 500 ming söm pul ham beradi. Bu mablağ yeb-içişimizdan ortmaydi, çunki uy egasi kartoşka, piyoz va yoğ olib kelib beradi. Qöşimça oziq-ovqat mahsulotlarini oliş uçun esa pul sarflaş kerak. Kiyim-keçak sotib oliş haqida öylamaymiz ham. Farzandlarim uy egasining bolalaridan qolgan eski kiyimlarni kiyib katta bölişyapti.

Televizorimiz yöq. 2-3 xil öyinçoq ularga ovunçoq bölib turibdi. Öğlimning kökragida nuqsoni borligi aniqlandi. Şifokor bolani sport bilan şuğullantiriş kerakligini maslahat berdi. Sportga berişga esa imkoniyatim yöq. Şunga qaramay, har kuni ertalab bolamni uyğotib, birga maşq qilamiz, hovlida birga yuguramiz.

«Odamlarga işonçim sönib bölgan..»

Umrim mehnatda ötyapti. Odamlarning çorva mollariga qaradim, uylarini tozaladim, tandirda non yopib berdim. Iş tanlamadim. Fikr-u xayolim non uçun pul topişda bölganidan atrofda qanday özgarişlar bölayotganini ham bilmayman. Yangiliklardan boxabar böliş uçun televizor ham yöq.

Bir kuni akam hokimiyatdan kam ta'minlangan oilalarga uy-joy berilayotgani, şunga ariza yozib qöyişimni aytdi. Unçalik e'tibor bermadim. Işlagan joyimda odamlar peşona teri bilan topgan pullarimni berişmagandi, davlat menga tekinga uy berarmidi, deb işonmadim. Akam meni nomimdan uy-joy sörab hokimiyatga ariza yozdi. Biroz muddat ötgaç, tuman xotin-qizlar qömitasi raisi doimiy yaşaş manzilim – qizlik uyimga bordi. Arizaga muvofiq kelganini, yaşaş şaroitimni örganayotganini aytdi.

Uy berilişiga işonmadim va vaqtim bölganida borişimni aytdim. Oradan 7 oy ötdi. Xotin-qizlar qömitasi raisi qişloğimizda hozir foydalanilmayotgan eski poliklinika binosidan kam ta'minlangan oilalarga xonalar ajratib berilişini aytdi. Şu yerdan menga ham joy berilişi mumkinligi haqida xabar berdi. Xursand bölib ketdim. Uy-joy berilişidan umidvor bölib, öşa poliklinikadan xona ajratib berişlari uçun hokimiyatga qatnay boşladim.

Keyinroq xotin-qizlar qömitasi raisi qişloğimizda bir eskiroq uyni menga bermoqçiligini aytdi. Bu uyga 50 yoşlardagi boşqa ayol ham da'vogar va u hokimiyatga mendan 4 yil oldin ariza taşlagan ekan. Mahalla raisi, mahalla faollari iştirokida majlisda uy öşa ayolga berildi.

Bir kuni xotin-qizlar qömitasi raisi yana telefon qilib, eski poliklinika binosidan 3 xonani berişini aytdi. Şungayam rozi böldim. Mana bugun beramiz, ertaga beramiz, deb poliklinikadagi 3 xonali joydan darak ham bölavermadi. Yaqinda borsam, karantindan keyin joy beramiz, deyişdi. Karantingaçayam turli bahonalar qilişgandi. Murojaat qilsam, yer uçastkasi berilişi haqida aytişdi. Lekin qayerga, qay tarzda murojaat qilişni bilmayman.

Özi qanaqa huquqlarim borligini ham bilmayman. Umrim non topiş dardida ötib ketyapti. Hozir niyatim bu yil maktabga çiqadigan farzandim öqişi uçun şaroit yaratib beriş, qizimni boğçaga beriş va öz yaşaş makonimga ega böliş...

Kun.uz muxbiri Muhabbat Ma'mirova suhbatlaşdi