Xalq ta'limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda öqituvçilarning mehnat ta'tili uçun tölov pulini töliq ololmasliklari xavotiri yuzaga kelayotgani borasida tuşuntiriş berdi.
«Xalq ta'limi tizimi xodimlarini yillik asosiy mehnat ta'tili tölovlarini amalga oşiriş uçun örtaça iş haqini hisoblaşda Direktor jamğarmasidan tölangan tölovlar inobatga olinmasligi xavotirga solmoqda. Bu haqida vazirlikka murojaatlar yuborilmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Ma'lum qilinişiça, bu kabi xavotirlar asossiz. Ta'til pulini tölaşda Direktor jamğarmasidan tölanadigan tölovlar hisobga olinadi.
Bu borada tuşunmovçiliklar yuzaga kelmasligi uçun vazirlik hududiy boşqarmalar uçun körsatma xati ham tayyorladi.
Unda aytilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 apreldagi «2020 yil uçun Özbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta'minlaş va xarajatlarini maqbullaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga köra, budjet taşkilotlarida işlaydigan xodimlarga 2020 yilning 16 aprelidan 1 oktyabriga qadar moddiy rağbatlantiriş maxsus jamğarmasi hamda direktor jamğarmasi mablağlari hisobidan tölovlar hisoblanişi töxtatib turilgan.
Biroq Mehnat kodeksida yillik ta'tillar davri uçun xodimga örtaça iş haqidan kam bölmagan miqdorda haq tölaş kafolatlanişi körsatilgan.
«Mehnat ta'tili pulini hisoblaşda Direktor jamğarmasi va Maktabgaça ta'lim taşkilotlari xodimlarini moddiy rağbatlantiriş jamğarmasi hisobidan amalga oşirilgan barça tölovlar inobatga olinadi.
Bunda xodimlar uçun oxirgi bir yil davomida Direktor jamğarmasi va Maktabgaça ta'lim taşkilotlari xodimlarini moddiy rağbatlantiriş jamğarmasi hisobidan amalga oşirilgan barça tölovlarni (har oylik ustama, mukofot, moddiy yordam) ön ikkidan birga (birinçi yil işlovçi pedagog xodimlar işlagan davriga mutanosib holda olti oy töliq işlaganlarga oltidan birga, yetti oy töliq işlaganlarga yettidan birga) oşirgan holda hisoblanadi. Bundan taşqari, örta maxsus, kasb-xunar ta'limi muassasalarida «Yoşlar yetakçisi» vazifasi yuklangan öqituvçiga (xodimga) örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasining Direktor jamğarmasi mablağlari hisobidan oliy ma'lumotli öqituvçi bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik ustama tölanadi», deyiladi vazirlik körsatma xatida.











