Alişer A'zamxöjayev Özbekiston-Turkiya munosabatlaridagi ijobiy özgarişlar va qölga kiritilayotgan natijalar, şuningdek, pandemiya şaroitida elçixona tomonidan olib borilayotgan işlar xususida ma'lumot berdi.

«Turkiyada 81ta viloyat mavjud bölsa, pandemiyaga qadar ularning 31tasiga borib kelişga ulgurdik. Har bir borib-kelişimiz, odatda, ikki-uç kunga hisoblangan. Safar davomida Özbekiston haqida, uning iqtisodiy salohiyati haqida, hozirgi investitsion salohiyati haqida tanitim ötkazamiz. Undan söng u yerdagi tadbirkorlar bilan B2B şaklida uçraşib, ularni quriliş, agrar, sanoat sohasida Özbekistonga jalb qiliş böyiça suhbatlar olib boramiz. Şundan keyin bu böyiça natijalarni umumlaştirib, ön-ön beş tadbirkorni Özbekistonga jönatamiz. Ammo pandemiya tufayli bu tadbirimiz vaqtinça töxtatildi.

Şuning uçun mana endi onlayn diplomatiyani iqtisodiy diplomatiya bilan uyğunlaştiriş vazifasini yangi usullar – vebinarlar orqali iş faoliyatimizga tatbiq etyapmiz. Ya'ni sönggi paytlarda mana şunday vositalar bilan muayyan hududdagi işbilarmonlar assotsiatsiyasi vakillari bilan uçraşuv ötkazyapmiz.

Bundan taşqari, kunda-kun ora Özbekiston bilan şunday muloqotdamiz. Masalan, kuni keça yangi Boş vazir örinbosarimiz Umrzoqov Sardor Öktamoviç boşçiligida selektor böldi. Unda pandemiya şaroitida Özbekiston iqtisodiyotini rivojlantiriş böyiça masalalar muhokama qilindi.

Xabaringiz bor, oldin eksport, oğir yuk maşinalari Özbekiston, Turkmaniston, Eron, Gruziya orqali Turkiyaga kirib kelardi. Pandemiya sabab Turkmaniston, Eron karantin e'lon qilgandan keyin bir-bir yarim oy davomida juda katta sondagi oğir yuk taşuvçi maşinalar çegaralarda karantinda qolib ketdi. U işlarni hal qildik.

Mana bugunning özida ham Farğona viloyati hokimi muovini bilan gaplaşdik. Ikki-uç tadbirkorimiz ança-munça pul sarflab, Turkiyadan asbob-uskuna xarid qilgan, ammo haligaça Özbekistonga yetib bormagan. Biz şu zanjirning qayerda uzilganini topdik. Ertaga, Xudo xohlasa, şu masalani muhokama qilamiz.

Aytmoqçimanki, har kuni şu iş, şu ahvol. Ya'ni hozir biz – diplomatlar, özimizning klassik vazifamiz – vazirlar, rahbarlar, rektorlar bilan yuzma-yuz muzokaralar, uçraşuvlar ötkazişni çetga surib qöyib, elçixonada ötirgan holda, yangi texnologiyalar, vebinarlar yordamida iş olib boryapmiz. Misol uçun, bugun OIC (Organization of Islamic Cooperation – Islom hamkorlik taşkiloti)ga mansub ikki xalqaro taşkilot va özimizning Buxorodagi Islom markazi iştirokida juda katta konferensiya iş boşladi. Unda nafaqat Turkiya, balki butun dunyodan vakillar bor. Konferensiyada biz ham iştirok etdik. Qolaversa, yaqinda Xazoraspga, Farğonaga ham onlayn borib keldik. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari bilan ham şu şaklda uçraşuv ötkazdik.  Ya'ni şu xonadan çiqmay turib, kerak bölsa, Italiya va Ispaniyaga ham, kerak bölsa, Amerikaga ham borib kelyapmiz.