Rossiyaliklarning öz prezidentlari Vladimir Putinga işonç reytingi bir oy içida yanada pasaydi. Hozirda 25 foiz rossiyalik Putinga hammadan köproq işonişini aytgan. Bundan “Levada-sentr” ötkazgan sörovnoma natijalari darak bermoqda.
22-24 may kunlari ötkazilgan sörovnoma iştirokçilariga ular hammadan köra köproq işonadigan siyosatçilarni aytiş taklif qilingan. Putinning nomini 25 foiz respondent tilga olgan. Aprelda Rossiya prezidenti reytingi 28 foiz bölgandi.
Bunday pasayişga qaramay, Putin siyosatçilar orasida bu borada 1-örinni egallamoqda. 2-örinni mudofaa vaziri Sergey Şoygu (14 foiz), 3-örinni boş vazir Mixail Mişustin (11 foiz) egallagan.
Muxolifatçi Aleksey Navalniy va Moskva meri Sergey Sobyaninning reytingi esa bir xilda 4 foizni taşkil qilgan.
Aniqlanişiça, Putinga 55 yoşdan katta ayollar, pensionerlar, rahbarlar va direktorlar köproq işonadi.
2017 yil noyabrdagi şunday sörovnomada Putinning reytingi 59 foizni taşkil qilgan. 2019 yil iyunida esa bu körsatkiç 40 foizga, joriy yil yanvarida esa 28 foizgaça pasayib ketgan.
Joriy aprelda “Levada-sentr” rossiyaliklarning Putinga işonçi tarixiy minimumgaça – 59 foizgaça kamayib ketgani ma'lum qilingan. Kremlda bunga javoban “Levada-sentr” ötkazadigan sörovnomalarga markaz olib boradigan uslublar sababli töliq işonmasliklari aytilgan.












