Kemadagi ikki astronavt – Duglas Herli va Robert Benken kosmik stansiya bortiga ötişdi.

Ular orbitada qança vaqt qolişi hali ma'lum emas. Ammo Dragon kemasini 4 oydan köp vaqt orbitada qoldirib bölmaydi.

Amerikalik ikki fazogirni bungaça stansiyada bölib turgan hamyurti Kris Kessidi hamda rossiyalik Anatoliy Ivanişin va Ivan Vagnerlar kutib olişdi.

Missiyaning birinçi bosqiçi yakuni – kemaning XKSga avtomatik ravişda ulanişi ham SpaceX`ning yutubdagi kanalida translatsiya qilib borildi.

Crew Dragon 30 may kuni Floridadan Falcon 9 taşuvçi-raketasi bilan orbitaga olib çiqilgan edi. Mahalliy vaqt bilan soat 15:22da yölga çiqqan ekipaj 19 soatda Xalqaro kosmik stansiyaga yetib keldi.

Kemaning XKSga yaqinlaşuviga deyarli 2 soat vaqt ketdi, şundan söng uçuvçi apparat stansiya bilan avtomatik rejimda ulandi.