SpaceX uchun bu fazogir ishtirokida kosmosga amalga oshirilgan ilk parvozdir. Tarixda ilk bor bunday jarayon xususiy kompaniya tomonidan amalga oshirildi. NASA agentligi va SpaceX kompaniyasi Dragon kosmik yuk kemasining boshqariladigan versiyasini yaratish uchun 2014 yili qiymati 2,6 milliard dollarlik shartnoma imzolagandi. SpaceX boshqariladigan parvozlarni 2017 yildan boshlashi kutilgan edi, biroq Falcon eltuvchi raketasining bir necha avariyalaridan so‘ng kompaniyaning barcha ruxsatnomalarni olishi bir necha bor ortga surilgandi.

Crew Dragon’da uchgan faxriy astronavtlar Duglas Hyorli va Robert Benken 2011 yildan buyon AQSh hududidan uchirilgan ilk kema fazogirlari bo‘lishdi.
​​​​​​Foto: SpaceX
Crew Dragon Falcon 9 raketa tashuvchisi orqali Kanaveral burnida joylashgan Kennedi kosmik markazidan mahalliy vaqt bilan soat 15:22da uchirildi
Foto: Reuters
Raketa uchirilishini kompaniya asoschisi Ilon Mask kuzatib bordi
Foto: Reuters
Astronavtlar uchish maydonchasiga Tesla kompaniyasi avtomobilida yetib kelishdi
Foto: Zuma/TASS
SpaceX kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan kemani Falcon 9 eltuvchi raketasi fazoga olib chiqdi. Uning birinchi bosqichi Atlantika okeanidagi platformaga qo‘ndirildi. Undan yana foydalanish mumkin. Foto: Reuters
Duglas Xyorli va Robert Benken avval ham bir necha marta kosmosda bo‘lishgan. NASA va SpaceX ekspeditsiya Xalqaro kosmik stansiyada qancha vaqt bo‘lishiga aniqlik kiritmagan. Ular 4 oygacha fazoda qolishi mumkin. Foto: Reuters