Jamiyat | 18:45 / 01.06.2020
8522
3 daqiqa o‘qiladi

«Zamin» fondi har yili eshitish qobiliyati zaif bo‘lgan 30 nafar bolani operatsiya qildiradi

«Zamin» fondi O‘zbekistonda eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ta'limni rivojlantirish dasturini taqdim etdi.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida «Zamin» fondi mamlakatning ixtisoslashtirilgan muassasalaridagi besh ming nafarga yaqin eshitish qobiliyati zaif o‘quvchilar uchun ta'limni rivojlantirish dasturini taqdim etdi. Loyihaning maqsadi – o‘qitishning yangi usullarini joriy etish, maktab-internatlar infratuzilmasini takomillashtirish hisoblanadi.

«Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida «Zamin» fondi eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ta'limni rivojlantirish dasturini taqdim etmoqda. Loyiha doirasida jarrohlik amaliyoti yo‘li bilan o‘quvchilarning eshitish qobiliyatini tiklash ustida ish olib boriladi. Bu degani, sog‘lig‘ida muammosi bo‘lgan bolalar mehribon onajonisi, g‘amxo‘r otasining ovozlarini, atrof-borliqdagi tovushlarni, musiqa ohanglarini eshita oladi, to‘laqonli hayot kechiradi.

«Zamin» fondi, jismoniy holatidan qat'i nazar, barcha bolajonlarga quvonch ulashishga tayyor. Zero, siz ko‘zimiz quvonchi, bizning ertamiz va hayotimiz mazmunisiz», dedi Fond vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva.

Eshitish qobiliyatining qisman yoki to‘liq yo‘qolishi odamlarni muhim ma'lumot manbayidan mahrum qiladi va intellektual rivojlanish jarayonini cheklaydi. Aksariyat holda imkoniyati cheklangan bolalar qator qiyinchiliklarga duch keladilar, ulardan biri to‘laqonli ta'lim olish imkoniyatining yo‘qligidir.

Dastur uch bosqichdan iborat:

1. Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni zamonaviy assistiv uskunalar bilan jihozlash

Maktablar xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy assistiv (qo‘shimcha) uskunalar, jumladan, guruh mashg‘ulotlari uchun audio-sinflar, individual mashg‘ulotlar uchun nutq simulyatorlari, kelgusi ta'lim jarayonida foydalaniladigan audiometrlar va statsionar ovoz kuchaytirgichlari bilan jihozlanadi.

2. O‘qitish usullarini takomillashtirish

Eshitish qobiliyati zaif bolalar maxsus maktablaridagi joriy o‘quv dasturlarini har tomonlama tahlil qilish rejalashtirilgan. Buning uchun loyiha tashkilotchilari O‘zbekiston Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda yetakchi xalqaro ekspertlik institutlari va ularning mutaxassislarini jalb qiladilar. Ixtisoslashtirilgan maktablarda zamonaviy yordamchi texnologiyalardan foydalangan holda ta'lim metodikalari joriy etiladi.

3. Maktab yoshidagi bolalar uchun koxlear implantatsiya

Dasturning muhim qismi har yili 30 nafar maktab yoshidagi bolalarga koxlear implantatsiya jarrohlik amaliyotini bepul o‘tkazish bo‘ladi. Shuningdek, ushbu bosqich keyingi reabilitatsiyani o‘z ichiga oladi.

Dastur haqida to‘liq ma'lumot fondning rasmiy veb-saytida: www.zaminfoundation.ngo

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 