Vazirlar Mahkamasining “Angren şahrida Kukmin universitetining faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Angren şahar hokimligi, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Koreya Respublikasi Kukmin Universiteti KBFBSI va G-global star group investorlar guruhining (Koreya Respublikasi) oliy ta'lim sohasida ta'lim xizmatlari körsatiş uçun Angren şahrida Kukmin universitetini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.

Universitetda Ta'sisçilar uluşi Kukmin Universiteti KBFBSI – 55 foiz, G-global star group – 45 foiz ekanligi inobatga olinadi.

Universitetning huquq va majburiyatlari böyiça yuqori turuvçi taşkilot Koreya Respublikasi Kukmin Universiteti KBFBSI bölib, Unversitetga qabul parametrlari Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelişilgan holda Kukmin Universiteti KBFBSI tomonidan tasdiqlanişi belgilab qöyiladi.

Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilanişi inobatga olinadi:

Toşkent viloyatining ijtimoiy-iqtisodiyot rivojlaniş istiqbollarini inobatga olgan holda tadbirkorlik va boşqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy hamda mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bölgan sohalar böyiça yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlarga muvofiq sifatli tayyorlaş;

öquv va ilmiy loyihalarni amalga oşirişda, şuningdek, ilm-fan, işlab çiqariş va amaliyot oldida turgan dolzarb vazifalarni hal etişga yönaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borişda respublika va xorijiy yetakçi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qiliş;

öquv jarayoniga xorijiy oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalaridan yuqori malakali professor-öqituvçilar hamda mutaxassislarning jalb etilişini ta'minlaş;

respublika va xorijiy davlatlar kadrlarining malakasini oşiriş, ilğor xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qiliş asosida tajriba almaşiş dasturlarini amalga oşiriş;

ta'lim jarayoniga ilğor pedagogik va axborot texnologiyalari, fan va texnikaning eng sönggi yutuqlarini joriy etiş.

Universitet faoliyati Özbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining amaldagi qonunçiligi, ikki davlat örtasida imzolangan xalqaro şartnomalar, şuningdek Ta'sisçilar hamda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi örtasida imzolangan şartnoma asosida amalga oşiriladi.