Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘ijduvon ham «qizil» hudud toifasiga kiritiladi
Buxoro viloyatining Shofirkon va G‘ijduvon tumanlari - «qizil» (yuqori xavfli), Kogon tumani esa «sariq» (o‘rta xavfli), qolgan barcha shahar va tumanlar «yashil» toifadagi hududlarga kiritiladi. Viloyat hokimligida qabul qilingan qaror Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan tasdiqlanishi kutilmoqda.
«Kuni kecha Buxoro viloyatida koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha viloyat komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyatda koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda viloyatda koronavirus infeksiyasi tarqalishi holati tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning dinamikasidan kelib chiqib, viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi xulosasiga ko‘ra Shofirkon va G‘ijduvon tumanlarini «qizil», Kogon tumanini «sariq», qolgan barcha shahar va tumanlarni «yashil» toifadagi hududlarga ajratish, buni respublika maxsus komissiyasi qarori bilan tasdiqlab olish taklifi ma'qullandi», deyiladi Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabarida.
Ma'lum qilinishicha, hozirda infeksiya aniqlangan Shofirkon tumanidagi Region qishlog‘ida 274ta xonadonda 1286 nafar, «Xoja Orif» MFY M.Ashrafiy ko‘chasida 1814ta xonadonda 8074 nafar fuqaro karantinga olingan.
Mazkur hududlarda xizmatni olib borishga 312 nafar huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari jalb etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 27 may kuni Shofirkon tumanida koronavirus aniqlandi va Buxoro viloyati yana koronavirusli hududga aylandi. 29 may kunidan Shofirkon tumaniga kirish va tumandan chiqish taqiqlandi.
30 may kuni respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra Buxoro viloyatidagi barcha tumanlar «yashil» hudud sifatida belgilangandi. Shu kuni viloyat hokimligi Shofirkon tumanini «qizil» hudud, Kogon va G‘ijduvon tumanlarini «sariq» hudud sifatida belgiladi.
31 may kuni Shofirkonda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi.
Bundan avvalroq 2 iyundan Shofirkon va G‘ijduvon tumanlari hududida shaxsiy avtotransport vositalari (yuk tashuvchi, qishloq xo‘jaligida jalb qilingan hamda maxsus ruxsatnomali (stikerli) avtotransport vositalari bundan mustasno) harakatlanishi to‘xtatilishi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:30 / 09.06.2026
Buxorodagi tergov hibsxonasi xodimlariga nisbatan tekshiruv harakatlari boshlandi
14:26 / 15.05.2026
Saida Mirziyoyeva: «Jo‘yzar» kanali betonlanadi - yiliga 12 mln kub metr suv tejaladi
11:51 / 15.05.2026
Saida Mirziyoyeva: Hududlardagi muammolar prezident nazoratida
10:01 / 12.05.2026