Buxoro viloyatida karantin cheklovlari kuchaytirildi. Ikkita tumanda shaxsiy transport harakati to‘xtatildi
Buxoro viloyatida koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha viloyat komissiyasi rasmiy axborot bilan chiqdi.
Viloyatda koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash maqsadida 2020 yil 2 iyun kunidan boshlab noma'lum muddatgacha:
Shofirkon hamda G‘ijduvon tumanlari ichida shaxsiy avtotransport vositalari (yuk tashuvchi, qishloq xo‘jaligida jalb qilingan hamda maxsus ruxsatnomali (stikerli) avtotransport vositalari bundan mustasno) harakatlanishi to‘xtatiladi;
Buxoro shahri hududiga boshqa shahar va tumanlardan shaxsiy avtotransport vositalari (yuk tashuvchi, qishloq xo‘jaligida jalb qilingan hamda maxsus ruxsatnomali (stikerli) avtotransport vositalari bundan mustasno) faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00 dan 10:00gacha, 17:00-20:00gacha) kirib-chiqishiga ruxsat beriladi;
viloyat hududida soat 22:00dan 06:00gacha shaxsiy avtotransport vositalarining zaruratsiz (ish yuzasidan, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon vositalariga bo‘lgan ehtiyoj va shunga o‘xshash zarur hollar bundan mustasno) harakatlanishi cheklanadi;
Navoiy viloyatining chegaradosh hududlari orqali fuqarolar va transport vositalarining kirib-chiqishini qat'iy karantin talablari asosida amalga oshiriladi;
Olot tumanidagi “Olot” bojxona chegara posti, G‘ijduvon tumanidagi “Sarmijon” muntazam yo‘l patrul xizmati maskani, Romitan tumanidagi “Qizilqum” blok posti hamda Qorovulbozor tumanidagi “Shirinbuloq” muntazam yo‘l patrul xizmati maskanlari orqali viloyat hududiga kirib kelayotgan xalqaro yuk tashuvchi mahalliy haydovchilarni (Buxoro viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan) mazkur postlarning o‘zida belgilangan tartibda karantinga olinadi;
Respublika maxsus komissiyasining bayoniga asosan belgilangan tartibda yo‘nalishsiz taksi faoliyatida yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi, haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi), yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi hamda faqat o‘z (avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) hududida harakatlanishiga ruxsat beriladi;
sartaroshxona va go‘zallik salonlarida xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar tomonidan shaxsiy himoya vositalari - tibbiy xalat yoki kombinezon, tibbiy niqob (N 95 yoki ustma-ust 2 ta oddiy niqob) va tibbiy qo‘lqopdan foydalangan holda “1 ta xizmat ko‘rsatuvchi shaxs - 1 ta mijoz” tamoyili asosida ijtimoiy masofani saqlagan holda faoliyat yuritishiga ruxsat beriladi;
park va istirohat bog‘larida (attraksionlar, ko‘ngilochar obektlar hamda tezkor ovqat tayyorlash nuqtalari faoliyati bundan mustasno) aholini belgilangan karantin talablariga qat'iy rioya qilgan holda soat 09-00 dan 20-00 ga qadar kunning muayyan vaqtida 2 nafar shaxsdan ko‘p bo‘lmagan guruhlarda (oilaviy guruhlar bundan mustasno) sayr qilishlariga ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
09:51 / 21.11.2024
Buxoroning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
20:55 / 20.11.2024
“Eski, sovuq sinfxonalarda o‘qiyapmiz” – Buxoroda qurilishi bitmagan maktab-internat o‘quvchilari sarson bo‘lyapti
18:24 / 20.11.2024
Fayzulla Xo‘jayevning jiyani professor Sulaymon Inoyatov vafot etdi
14:38 / 20.11.2024