28 maydan Şofirkonga kirib-çiqiş töxtatilgan va koronavirusga qarşi kuraş tezkor ştabi tuzilgan.
27 may kuni Şofirkon tumanida bitta oilaga mansub 7 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangandi. Bemorlar bilan bevosita muloqotda bölgan fuqarolardan dastlabki test namunalari olinmoqda. Şofirkonda köçalar dezinfeksiya qilinmoqda.
Tuman markazida joylaşgan Star Market supermarketida koronavirusga gumonlangan şaxslar kirib-çiqqani aniqlangani bois 24 maydan şu kunga qadar uşbu savdo majmuasiga kelgan fuqarolar tuman sanitariya epidemiologiya osoyiştalik markaziga (tel.(65)502-26-57 va (91)449-69-83) murojaat qilib, tegişli tahlillardan ötişlari zarurligi söralgan.

Ma'lumot uçun, Şofirkon tumani may oyi boşida maxsus komissiya tomonidan «yaşil» hududlar qatoriga kiritilgan. Buxoro viloyatida ham 9 maydan koronavirusga çalinganlar aniqlanişi töxtagan, 22 may kuni uşbu viloyatda aniqlangan sönggi bemor ham tuzalib, viloyat koronavirusdan xoli hududga aylangandi.


















