2019 yil 2 oktyabrdan 5 noyabrgaça bölgan vaqtda röyxatdan ötganlar javoblarni AQŞ davlat departamenti saytida iştirokçilar tasdiqlov raqamlarini 2021 yil 30 sentyabrgaça saqlab qöyişi kerakligi eslatilgan. Agar siz ham yuqorida körsatilgan muddatda Green Card lotereyasi uçun röyxatdan ötgan bölsangiz, javoblarni 6 iyundan boşlab quyidagi manzilda (http://dvprogram.state.gov/) tekşirişingiz mumkin.

AQŞ davlat departamenti lotereya uçun faqat va faqat ismi körsatilgan odamning özi taşkilot saytida röyxatdan ötişi kerakligini eslatib keladi. Ammo köplab mamlakatlarda, xususan Özbekistonda ham köpçilik Green Card uçun röyxatdan ötişni murakkab jarayon deb hisoblab, öz nomidan röyxatdan ötişni maxsus firmalarga işonişadi. Bunday hollarda lotereya javobini biliş uçun heç qanday pul talab qilinmasligini, javoblar faqat va faqat AQŞ davlat departamenti saytida (http://dvprogram.state.gov/) e'lon qilinişini unutmaslik kerak.

Ma'lumot uçun, AQŞ davlat departamenti bu yilgi Green Card lotereyasi ğoliblarini e'lon qiliş muddatini 5 maydan 6 iyunga köçirişga qaror qilgandi. Şuningdek, ayni damda AQŞda yaşaş va işlaş uçun viza beriş vaqtinça töxtatilgan va çeklov 22 iyungaça amal qiladi. Şu bois çeklov bu yilgi Green Card ğoliblariga ta'sir qilmaydi.