Şifokorlar çiqargan xulosaga köra, Floyd böyniga uzoq vaqt bosib turilgani sababli kislorod yetişmagani oqibatida halok bölgan. Bu haqda marhumning oilasi advokati Ben Krampga tayanib CNN telekanali xabar berdi.
Advokatning ta'kidlaşiça, Floyd avval ta'kidlangandek jonlantiriş bölimida emas, balki voqea joyidayoq jon bergan.
Biroq Xennepin okrugi sud-tibbiyot ekspertlari avvalroq boşqaça xulosa çiqarib, Floydda böğiliş oqibatida ölganining biror-bir alomati topilmaganini ma'lum qilişgandi. Ular erkakning ölimi sabablari orasida undagi kasallik hamda intoksikatsiyani aytib ötişgan.
46 yoşli Floydning ölimidan keyin AQŞni norozilik namoyişlari qamrab oldi. Erkak 25 may kuni şifoxonaning jonlantiriş bölimida hayotdan köz yumgan.
Minneapolis şahrida yuz bergan voqeadan keyin politsiyaçilar Floyd qölga olinişi vaqtida qarşilik körsatganini ta'kidlaşgan. Biroq keyinroq internetda buning aksini körsatuvçi video paydo bölgan. Videoda 4 politsiyaçi Floydni yerga yiqitgani, ulardan oq tanli biri erkakning böynini tizzasi bilan bosib turgani aks etgan. Politsiyaçi Floydning nafas ololmayotganidan şikoyat qilişiga qaramay, uning böynidan oyoğini olmagan. Natijada Floyd huşini yöqotgan.
Voqeada iştirok etgan politsiyaçilar işdan böşatilgan, Floydni böynini ezgan politsiyaçi esa ehtiyotsizlik sababli qotillik sodir etişda ayblangan.


















