
Yiğilişda hududlar va tarmoqlar statistikasini özaro muvofiq şakllantiriş, ularni yagona xalqaro statistika tizimi bilan uyğunlaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Işsizlikni aniqlaşni Xalqaro mehnat taşkiloti standartlariga töliq moslaştirib, sörov ötkaziş tartibini takomillaştiriş va qamrovni kengaytiriş zarurligi ta'kidlandi.
Soğliqni saqlaş tizimida kasalliklarni davolaş xarajatlari böyiça xalqaro hisob mexanizmi joriy etilişi belgilandi. Busiz tibbiy suğurtani amaliyotga kiritib bölmaydi.

Vazirlar Mahkamasi, Davlat statistika qömitasiga ta'lim, qişloq xöjaligi, taşqi savdo, transport, quriliş, ekologiya, turizm va yana qator sohalar statistikasini xalqaro standartlarga muvofiqlaştiriş böyiça “yöl xaritasi” işlab çiqiş vazifasi qöyildi.
Davlat idoralarining statistikani şakllantiriş jarayonini audit qiliş böyiça ham körsatma berildi.
Jahon ma'lumot bazalarida Özbekistonning tarmoq indikatorlari töliq aks etmagani açinarli hol. Şu munosabat bilan, mutasaddilarga mehnat, energetika, qişloq xöjaligi, ta'lim kabi sohalar böyiça xalqaro bazalarda mamlakatimiz körsatkiçlarini tökis aks ettiriş yuzasidan topşiriqlar berildi.

Yana bir muammo şundaki, statistik kuzatuv ma'lumotlarining yarmi qoğoz şaklida töplanmoqda. Ularni tahlil qilişda 20 yil avval joriy etilgan dasturiy ta'minotdan foydalanilmoqda. Soliq va statistika idoralari örtasida avtomatlaşgan axborot almaşinuvini yölga qöyiş orqali inflatsiyani hisoblaş xarajatlarini keskin qisqartiriş mumkin.
Şundan kelib çiqib, tarmoqning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş hamda dasturiy ta'minotni yangilaş, soliq, mehnat, moliya sohalarida statistik ma'lumotlarni yiğiş va qayta işlaşning integratsiyalaşgan tizimini joriy etiş vazifasi qöyildi.












