Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 3 iyun kuni - butunjahon velosiped kuni munosabati bilan Aşxobodda velosipedga atab qurilgan yodgorlikni oçib berdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar qildi.

Uşbu bayram 2018 yil aprelida 72-sessiyada qabul qilingan BMT Boş assambleyasi rezolyutsiyasiga muvofiq har yili nişonlab kelinmoqda. 

Noodatiy yodgorlik butun bir kompozitsiya bilan ifodalangan, uning markazida ulkan şar örnatilgan, şarda Turkmaniston xaritasi alohida ajratib körsatilgan, unda «Turkmaniston — Buyuk Ipak yöli yuragi» yozuvi aks etgan. Yer şari atrofida bir neça velosipedçi haykali örnatilgan. Yodgorlikning pastki qismida tuyalar karvoni va çavandozlar tasvirlangan.

Oçiliş marosimida hukumat rahbarlari, parlament vakillari, siyosiy partiyalar va jamoat taşkilotlari vakillari, xorijiy mamlakatlarning diplomatik missiyalari hamda xalqaro taşkilotlar vakillari, öqituvçilar va talabalar iştirok etgan. Ularning barçasi sport kiyimida va velosipedlarda bölişgan. 

Gurbanguli Berdimuhamedov öz nutqida ekologik va qiziqarli sport turi bölgan velosiped sporti mamlakat aholisi salomatligini mustahkamlaşda muhim rol tutişi, şunga köra mamlakatda velosport bilan şuğullanuvçilar soni ortib borayotganini e'tirof etgan.

Oçiliş marosimidan keyin prezident velopoygani boşlab berib, velosipedçilarga boşçilik qilgan. Velosipedçilar karvoni Aşxobod şahri köçalari böylab 12 kilometrni bosib ötişgan.

Bayram munosabati bilan Turkmanistonning boşqa şaharlarida ham velopoygalar ötkazilgan.