Oxirgi savdolarga köra, Brent narxi 1,44 foizga kötarilib, 40,2 dollarga yetgan. WTI nefti narxi esa 2,47 foizga qimmatlaşib, bir barreli uçun 37,7 dollarni taşkil qilgan.

Mart boşida neft narxi keskin qulagan edi. Bunga OPeK+ kelişuvi barbod bölgani va pandemiya ortida “qora oltin”ga talabning qisqargani sabab bölgan. 

12 aprelda OPeK+ davlatlari neft qazib oliş hajmini joriy yilning may-iyun oylarida 9,7 mln barrelga, ikkinçi yarimyillikda 7,7 mln barrelga va şundan keyin 2022 yil aprel oyi oxirigaça 5,8 mln barrelga qisqartirişga kelişib olgan.