Sardoba suv omboridagi fojia natijasida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridan evakuatsiya qilingan 89,450 nafar aholining 67,901 nafari – 75,9 foizi yaşaş manziliga qaytarildi. 21,549 nafar fuqaro evakuatsiya qilingan hududlarda qolmoqda. Bu haqida Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov iştirokidagi brifingda ma'lum qilindi.

Brifingda Sardoba toşqini talafotlarini bartaraf etiş böyiça ötkazilgan işlar xususida axborot berildi.
Ma'lum qilinişiça, xatlov tadbirlarida fojiada 3663 nafar fuqaroning pasporti yöqligi aniqlangan, 1746 nafar fuqaroning pasporti topilib, egalariga qaytarilgan. 1917 nafar fuqaroga yangi biometrik pasport rasmiylaştirib berilgan.
“Aholi orasida talafot yetgan ayrim xonadon egalari ikki marotabadan moddiy yordam olayotgan bir paytda, ba'zi xonadon egalari umuman mablağ olmaganliklari xususida uydirmalar tarqalayotganligini hisobga olib, tegişli tartibdagi profilaktik çoralar körilmoqda.
Xususan, 1 iyun holatiga talafot natijasida jabrlangan oilalarga moddiy yordam sifatida berilgan 40 mln sömdan pul mablağlarini qabul qilib olgan 4025 nafar fuqaroning röyxatlari töliq şakllantirilgan. Şuningdek, kelgusida uşbu moddiy yordam mablağlarini olişi kutilayotgan 1818 nafar fuqarolarning röyxati ham tuzildi”, dedi Şohrux Ğiyosov.
Ta'kidlanişiça, qidiruv işlari natijasida 11,272 boş uy hayvoni aniqlanib, ularning hammasi öz egalariga qaytarildi. 6112 boş nobud bölgan uy hayvoni dezinfeksiya qilingan holda, maxsus ajratilgan 5ta hududga kömildi.

















