Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoşidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi faoliyatini taşkil etiş, şuningdek, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirişga doir işlar samaradorligini yanada oşirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oşirişda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2020 yil 19 maydagi PF–5997-son Farmoniga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Adolat” huquqiy axborot markazi davlat muassasasi, “Inson va qonun” gazetasi tahririyati davlat unitar korxonasi hamda “Huquq va burç” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyatini birlaştiriş yöli bilan ularning negizida Adliya vazirligi qoşida davlat muassasasi şaklidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi taşkil etilgan.
Belgilab qöyilişiça, Markaz:
aholi va ijroçilarga jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirişga qaratilgan huquqiy axborotlarni hamda tarğibot materiallarini tayyorlaş va tezkor tarqatiş, şuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini rasmiy e'lon qiliş sohasida respublikaning yetakçi davlat muassasasi hisoblanadi;
“Adolat” huquqiy axborot markazi davlat muassasasi, “Inson va qonun” gazetasi tahririyati davlat unitar korxonasi hamda “Huquq va burç” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyati davlat unitar korxonasining barça huquq va majburiyatlari böyiça huquqiy voris hisoblanadi;
yuridik şaxs hisoblanadi va Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ğaznaçiligida şaxsiy hisobvaraqlarga, Özbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tuşirilgan muhrga ega böladi.
“Inson va qonun” gazetasi tahririyati hamda “Huquq va burç” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyati Markazning mustaqil yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan tarkibiy bölinmalari hisoblanadi va öz kasb faoliyatida mustaqildir.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
Özbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasini şakllantiriş va yuritiş, undan jismoniy va yuridik şaxslarning belgilangan tartibda foydalanişini ta'minlaş, şuningdek, Milliy bazada normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy naşr etilişini, ularning turkumlaştirilgan hisobini va nazorat nusxalarini elektron şaklda yuritilişini ta'minlaş;











