Bugun, 4 may kuni 2020/2021 öquv yili qabul jarayonini taşkil etiş yuzasidan dolzarb vazifalarga bağişlangan brifingda Özbekiston Respublikasi Boş vazirining ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari Behzod Musayev joriy yilgi qabul yangiliklari haqida ma'lumot berdi.

B. Musayevning ma'lumot berişiça, «Oliy ta'limni 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi»da belgilanganidek, joriy yil 25 foizdan ortiq bitiruvçini oliy ta'lim bilan qamrab oliş rejalaştirilgan.

«Bu yilgi bitiruvçilar öquv dasturlarini onlayn tugatişdi. Bu esa, öz navbatida, ularning öquv dasturlarini özlaştirişiga ta'sir körsatgan. Şularni hisobga olgan holda 2020-2021 öquv yilida kiriş imtihonlarini soddalaştiriş yuzasidan davlat rahbari tomonidan vazifalar aniq belgilab berilgan», - dedi boş vazir örinbosari.

Uning qayd etişiça, joriy yil 1 million 270 mingdan ortiq abituriyent hujjat topşirişi taxmin qilinmoqda. Ötgan yili esa abituriyentlar soni 1 million 76 ming edi.

«Pandemiya şaroitida kutilayotgan qiyinçiliklarni inobatga olib, qabul jarayonlari oliy ta'lim muassasalariga hujjat topşirişning onlayn hujjat topşiriş yölga qöyiladi. Abituriyent uydan çiqmagan holda kompyuter yoki telefon orqali hujjat topşirişi mumkin böladi. Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazi veb-sayti orqali abituriyentlarning hujjat topşiriş imkoni böladi», - dedi Musayev brifingda.