Davlat rahbari tadbir avvalida mamlakatda koronavirus bilan boğliq vaziyatga töxtalib ötdi. Sönggi ön kunda örta hisobda kuniga 70-80 kişida kasallik aniqlangani, hali xotirjamlikka örin yöqligini ta'kidladi.
Oxirgi bir oyda 32 ta charter reys orqali 8 mingga yaqin, çegara postlari orqali 20 mingdan ortiq fuqarolar yurtimizga olib kelingan. Ularning köpçiligida kasallik topilgan. Şuningdek, qariyb 200 nafar xalqaro yuk taşuvçi haydovçida koronavirus aniqlangan. Umuman, hozirgi kunda uy şaroitida 26 ming, statsionarda 21 ming kişi karantinda qolmoqda.
«Qizil» va «sariq» hududlar hisoblangan viloyat, şahar va tumanlarda karantin qoidalariga qat'iy amal qiliş şartligi yana bir bor aytib ötildi.
Pandemiya şaroitida eng farovon davlatlarda ham aholi bandligini ta'minlaş va kambağallikni qisqartiriş katta muammo bölib qolmoqda. Mamlakatda ham işsizlar soni köpaydi. Şuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga köra, pandemiya 450 mingga yaqin oilalar daromadiga jiddiy ta'sir qilişi mumkin.
Aholi bandligini ta'minlaş va daromadini oşiriş davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişlari. Bu borada komleks va hududiy dasturlar işlab çiqilgan, vazirlar, hokimlar va sektorlar rahbarlarining vazifalari belgilab berilgan.
Kambağallikni qisqartiriş borasidagi işlar hamda «Saxovat va kömak» umumxalq harakati doirasida muhtoj oilalarni qöllab-quvvatlaş uçun röyxatlar şakllantirilgan. Ularga muvofiq, bugungi kunga qadar şunday oilalarning 540 mingtasiga 307 milliard sömlik kömak berildi.
Davlat rahbari asosiy maqsad kambağal oilaning heç bölmaganda bitta a'zosini iş bilan ta'minlab, ularni muhtojlikdan çiqariş ekani, şuning uçun har bir oila, har bir fuqaroning muammosi bilan alohida şuğullaniş zarurligini ta'kidladi.
– Bu sinovli davrda raqamlar ortidan quviş emas, balki xalqni rozi qiliş uçun çin köngildan işlaş kerak, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Yiğilişda belgilanganidek, tuman (şahar) sektor rahbarlari eng qiynalgan va muhtoj oilalar röyxatini şakllantirib, ularni kambağallikdan xalos etiş rejasini işlab çiqadi. Viloyat hokimining iqtisodiyot va mahalla masalalari böyiça örinbosarlari sektorlar hamda tijorat banklari işini muvofiqlaştirib, ijtimoiy loyihalarni amalga oşirişga mas'ul böladi. Boş vazir örinbosari rahbarligida Respublika ştabi ularning hisobotini eşitib, muammolarini hal qilişga vazirlik va idoralar, tijorat banklarini jalb qiladi.















