Kompaniyada ta'kidlanişiça, şundan keyin orbitada joylaştirilgan bunday sun'iy yöldoşlarning umumiy soni 480 taga yetdi. Kompaniya muhandislari sun'iy yöldoşlar işlaşini tekşirgaç, qurilmalar öz ion dvigatellarida 550 km balandlikdagi işçi orbitaga çiqariladi.
Liftoff! pic.twitter.com/N0INm0pPAb
— SpaceX (@SpaceX) June 4, 2020
Bu Starlink loyihasi sun'iy yöldoşlarining orbitaga 8-çiqarilişidir. Avvalgi 7-uriniş 22 aprelda amalga oşirilgandi. Har urinişda orbitaga 60 tadan sun'iy yöldoş çiqarilmoqda. SpaceX sayyoramiz aholisiga istalgan nuqtadan internetga kirişni ta'minlaydigan tarmoqni taşkil etiş uçun orbitada 12 mingta sun'iy yöldoş joylaştirişni rejalaştirmoqda.
Falcon 9 raketasining startdan keyin ajralgan birinçi poğonasi Atlantika okeanidagi barjaga qöndirilgan. Bu parvoz uşbu poğonaning 5-starti böldi. U birinçi marta 2018 yilda uçirilgan.












