Prezident bu hududdagi oğir vaziyat keça yoki bugun paydo bölmaganini, bu yerda odamlar işsizlik va yaşaş şaroiti oğirligidan aziyat çekib kelganini ta'kidladi.

«Ayniqsa, çegaradoş hududlarda kambağallikni kamaytiriş va şu tumanlar iqtisodiyotini rivojlantiriş, aholi uçun zarur şaroitlarni taşkil etiş böyiça alohida yondaşuv bölişi kerak.

Mana, Ramatovga qöşimça topşiriq berildi. Har oyda ikkitadan çegaradoş hududda bir haftadan yaşaydi. Kerak bölgan odam, uning hamma vakolati bor. Bilardiku, şu çegardoş hududni. Nega borib Söxda yotib kelmagan?!

Endi ana şunday çegaradoş hududlarning alohida röyxatini qilamiz, boş vazir örinbosari borib infratuzilma va boşqa masalalarini örganadi. Bizni oldinroq ogoh qiladigan tizim yaratişimiz kerak.

Çegaradoş hududlarning suvi qanday, joyi qanday, xavfsizligi qanday, vaziyat qanday, içkaridagi muhit qanday – Ramatov boş. Keyin siz yetib borasiz (A.Aripov – tahr). Ramatov diagnoz qöyadi, davolaşga siz. Diagnoz deganim, hamma narsani biliş kerak. Mana, özingiz kördingiz odamlarning kayfiyatini. Oddiy-oddiy masalalar-ku! Heç qiyin masala qöyilgani yöq, bemalol hal qilsa böladi.

Yillar davomida heç kim bormagan. Juda bölmasa «u xalq yomon, oğir xalq» deganmiz. Nimaga yomon, talab qiliş yomonmi?! Adolat-ku talab qiliş. Bu jarayon juda köp saboq berdi. Juda katta saboq», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Davlat rahbari aholi kayfiyati, muammolari, talab va ehtiyojini oldindan biladigan tizim yaratiş lozimligi haqida gapirdi. Nafaqat çegaradoş hududlar, balki iqtisodiy ahvoli oğir bölgan boşqa tumanlarda ham aholi bandligi, yaşaş şaroitini yaxşilaş böyiça bir oy içida dastur tayyorlaş yuzasidan topşiriq berdi.