«1957 yilda tuğilgan poytaxtlik X.da şu yilning 30 may kuni Covid-19 aniqlanib, Toşkent tibbiyot akademiyasining köp tarmoqli klinikasiga yotqizilgan edi. 63 yoşli (ayol) bemor şu yilning yanvar oyida boş miya qon aylanişining ötkir buzilişi (insult) taşxisi bilan davolangan.
Bemorning davolanişi davomidagi kunlik ahvoli mamlakatimizdagi şu sohaga ixtisoslaşgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislari nazoratida bölgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar ötkazib turilgan. Biroq nevropatolog, kardiolog, virusolog, pulmonolog, reanimatologlarning belgilangan standartlar asosida ötkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan sun'iy nafas oliş apparatida bölgan bemor boş miya qon aylanişining ötkir buzilişi, öpka-yurak yetişmovçiligidan vafot etdi», deyiladi vazirlik xabarida.
Özbekistonda koronavirus bemorlari ölimi bilan boğliq holat oxirgi marta 26 may kuni Samarqandda qayd etilgandi.
Şu vaqtgaça Toşkentda 6, Namanganda 4, Samarqandda 2, Farğona va Surxondaryoda bittadan ölim röy bergandi.
31 may kuni soat 17:30 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasidan zararlaniş bilan boğliq 3583ta holat aniqlangan, bemorlarning 2837 nafari soğaygan. Şifoxonalarda 731 bemor davolanmoqda, ulardan 9 nafari oğir ahvolda.












