Irqçilikning asab torlari uzildi
20 AQŞ dollari miqdoridagi firibgarlik operatsiyasi tufayli hibsga olingan 46 yoşli Jorj Floyd oq tanli politsiyaçining tizzasi ostida qayta-qayta «Men nafas ololmayapman!» deb yolvorganiga qaramay, vafot etdi. Eng yomoni, uşbu ayançli voqeani boşqa politsiyaçilar tomoşabin bölib kuzatib turişgan. 8 daqiqa 46 soniya davom etgan uşbu oğriqli jarayon «Transatlantik qul savdosi» va irqçilik muammosi bilan boşlangan afrikalik qora tanlilarning köp asrlik fojiaviy dramasini qayta sahnaga olib çiqdi. Yölovçilar tomonidan telefon kamerasiga muhrlangan tasvirlar olti yil oldin Nyu-Yorkda Erik Garner bilan sodir bölgan voqeani ham esga solib yubordi.
Ta'kidlaş joizki, keyingi hodisa AQŞ korporativ va ijtimoiy tuzilmalaridagi surunkali irqçilikning asab torlarini tamoman uzib yubordi. Butun mamlakat böylab namoyişlar boşlanib ketdi.
«Men nafas ololmayapman» – qora tanlilarning faryodiga aylandi
2014 yil iyul oyida Staten orolida 6 farzandning otasi, 43 yoşdagi qora tanli Garner Nyu-York politsiyasi tomonidan köçada noqonuniy sigaret sotayotgani sababli hibsga olingandi. Öşanda u ham «Nafas ololmayapman» deb yolvorganiga qaramay, böğişda davom etilgan, natijada kasalxonaga yetib bormay vafot etgandi.
Garner voqeasi birinçisi ham, oxirgisi ham emasdi. Uşbu voqeadan köp vaqt ötmay, Missurining Fergyuson şahrida 18 yoşli qora tanli Maykl Braun politsiya tomonidan öldirilişi, 2015 yilda Baltimorda hibsga olingan 25 yoşli Freddi Greyning komada ölim topişi kabi bir qator voqealar mamlakat böylab «Qora tanlilarning hayoti qadrli» (BlackLivesMatter) harakatiga yöl oçgan, bir neça kun davomida norozilik namoyişlari bölib ötgandi.
Garnerning «Men nafas ololmayapman» degan sönggi sözlari esa politsiya zöravonligiga qarşi namoyişlarda qora tanlilarning ramziy şiorlaridan biriga aylanadi. Şu bilan birga, uşbu şior Amerika tarixidagi jirkanç zulm va adolatsizlikni umumlaştiruvçi ibora sifatida esda qoldi.
Namoyişlar va Covid-19 epidemiyasi
Tramp ma'muriyati va Amerika jamoatçiligi 3 oydan beri davom etayotgan koronavirus epidemiyasini yengib ötiş umidida mamlakat iqtisodiyotini oçib, endi nafas olişga çoğlanib turgan bir paytda Floydning ölimi ulkan norozilik namoyişlariga sabab böldi. Eski, ammo yakunlanmagan dahşatli filmning Minneapolisda takrorlanişi, ayniqsa, Floydning ölim oldidan aytgan öşa taniş sözlari «kapalak effekti»ni yuzaga keltirdi.













