Bugun yangi holatlar 5ta hududda qayd etildi - Qoraqalpoğiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Sirdaryo viloyati, Toşkent viloyati va Toşkent şahrida. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilişi va soğayişi böyiça körsatkiçlar jadvalini keltirdi.
96ta yangi holatning 13tasi aholi orasida, 2tasi xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilarida, 81tasi karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida aniqlangan.
Aholi orasida
Toşkent şahrida aholi orasida 4ta yangi holat qayd etildi. Poytaxtda yana 3 kişi koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib virus yuqtirgan, xorijdan kelib karantinga olingan 2 kişiga virusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan.
Navoiy viloyatida aholi orasida 8 kişi zararlangan, şundan 6 nafari Navoiy şahrida, şuningdek, Navbahor va Karmana tumanlarida 1 nafardan. Viloyatda bugun jami 35ta yangi holat qayd etildi, ayni vaqtda viloyatdagi şifoxonalarda 118 bemor davolanmoqda.
Toşkent viloyatida aholi orasida bitta holat qayd etilgan.
Haydovçilar
Qoraqalpoğistonda va Toşkent viloyatida xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilari bölgan ikki kişida virus aniqlangan.
Karantinda
Toşkent viloyatida karantinga olingan 20 kişida (barçasi Qozoğistondan kelgan), Navoiy viloyatida bemorlar bilan muloqotda bölgani uçun karantinga olingan 27 kişida, Toşkentda karantin markazida bölgan 33 kişida va Sirdaryo viloyatida oronavirusga çalingan bilan muloqotda bölgan fuqaroda virus aniqlangan.
Tuzalganlar
Bugun 73 nafar fuqaro soğaydi. Şundan 64 nafari Toşkent şahridagi, 4 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasidagi hamda 5 nafari Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalarida soğayib çiqişdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 3939 nafar bemordan 3087 nafari soğayib, davolaniş körsatkiçi 78 foizni taşkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 836 nafar bemordan 9 nafari oğir, 1 nafari esa öta oğir ahvolda.













